+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

"O'ZMETKOMBINAT"NING 500 NAFAR XODIMIGA XORIJIY OTMDA TAHSIL OLISH UCHUN GRANT AJRATILDI

"O'ZMETKOMBINAT"NING 500 NAFAR XODIMIGA XORIJIY OTMDA TAHSIL OLISH UCHUN GRANT AJRATILDI
1 / 5

Bugun “O‘zmetkombinat” AJ va Rossiyaning Perm milliy tadqiqot politexnika universiteti (PNIPU) o‘rtasida hamkorlikka doir memorandum imzolandi. Tadbirda ikki tomon rahbariyati, universitet delegatsiyasi hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Hamkorlikning asosiy maqsadi ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishida mustahkam, tizimli va uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirishdir.

Hamkorlikda 500 ta maxsus grant ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular orqali korxona xodimlari masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan tarzda PNIPUda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dastur bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarini qamrab oladi. Ushbu yo‘nalish metallurgiya sohasida zamonaviy bilimga ega, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini jadallashtiradi. Bundan tashqari, namunali va a’lo baholarga o‘qiyotgan talabalarga PNIPU tomonidan stipendiya berilishi belgilangan.

Imzolash marosimidan so‘ng PNIPU delegatsiyasi uchun Quyuv-prokatlash majmuasi ishlab chiqarish bo‘limlariga ekskursiya tashkil etildi. Mehmonlar korxonaning texnologik jarayonlari, yangilangan ishlab chiqarish quvvatlari va muhandislik markazi faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, tomonlar xodimlar tayyorlash, kadrlar malakasini oshirish va qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish borasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

3.3010 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish