+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

"O'ZMETKOMBINAT" JAMOASI 10 MING TUP DARAXT EKISH TADBIRIGA START BERDI

"O'ZMETKOMBINAT" JAMOASI 10 MING TUP DARAXT EKISH TADBIRIGA START BERDI
1 / 8

Bugun “Yashil makon” umummilliy tashabbusi doirasida “O‘zmetkombinat” AJ jamoasi Futbol akademiyasi hududida daraxt ekish tadbirini o‘tkazdi. Tadbir doirasida mazkur hududga 200 tup daraxt ekildi. Shu bilan birga korxona hududi va uning atrofi bo‘ylab 10 ming tup ko‘chat ekish jarayoni ham boshlab yuborildi.

Ekiladigan daraxt turlari hududning tabiiy iqlimi, tuproq tarkibi va ekologik sharoitlari inobatga olingan holda ehtiyotkorlik bilan tanlandi. Bu nafaqat yashil maydonlarni kengaytirish, balki hududning ekologik barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam sifatida qayd etildi.

Tadbirda “O‘zmetkombinat” AJ rahbariyati, korxona xodimlari, Futbol akademiyasining bo‘lajak futbolchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. OAV vakillari ham xodimlar bilan bir qatorda daraxt ekish ishlarida faol qatnashishdi.

“O‘zmetkombinat” AJ ushbu ekologik tashabbus orqali korxona o‘z faoliyatini faqat sanoat rivoji bilan cheklab qo‘ymasdan, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat, yashil hududlarni ko‘paytirish va jamiyat uchun qulay ekologik muhit yaratish borasida ham amaliy ishlarni davom ettirayotganini yana bir bor namoyon etdi. Bugun ekilgan har bir nihol kelajak avlodga toza havo, sog‘lom muhit va obod shahar qoldirish yo‘lidagi muhim hissa bo‘lib xizmat qiladi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish