+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

KOMBINATDA YASHIL HUDUDLAR KENGAYMOQDA

KOMBINATDA YASHIL HUDUDLAR KENGAYMOQDA
1 / 6

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “O‘zmetkombinat” AJ hududlarida ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda aholi uchun qulay yashash sharoiti yaratish maqsadida kombinat hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Faqatgina bugunning o‘zida “O‘zmetkombinat” AJ hududlariga 1 500 dona turli xil manzaraviy va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. 

“O‘zmetkombinat” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu ko‘kalamzorlashtirish ishlari atrof-muhitni asrash, ekologik barqarorlikni ta’minlash va korxona hududida yanada qulay ekologik muhit yaratishga xizmat qiladi. Kombinat jamoasining “Yashil makon” umummilliy dasturiga qo‘shayotgan munosib hissasi kelgusida ham izchil davom ettiriladi.
.       
 

5.002 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish