AMALIY SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati kengashi tomonidan belgilangan rejaga asosan “O‘zmetkombinat” AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi departamenti mutaxassislari ishtirokida “Mehnat muhofazasi va gigiyenasi” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashining mas’ul xodimlari ham ishtirok etishdi. Dastlab mehmonlar kombinat tarixi muzeyida bo‘lib, eksponatlar va ishlab chiqarish mahsulotlari bilan tanishdilar.
Shundan so‘ng Metallurglar madaniyat saroyida mutaxassislar ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish, korxonalarda mehnat muhofazasi va gigiyenasi mavzularida ma’ruzalar qilishdi.