“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASIGA MUNOSIB HISSA QO‘SHILMOQDA
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “O‘zmetkombinat” AJda keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, hududga besh mingta manzarali chinor ko‘chatlari ekildi. Bu nafaqat daraxt ekish, balki tabiatga mehr, ekologiyaga e’tibor va kelajak avlodga sog‘lom muhit qoldirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Eng quvonarlisi, mazkur xayrli tadbirda Bekobod klining xizmati MCHJ, Bekobod ovqatlanish kombinati MCHJ hamda Bekobod kislorod ishlab chiqarish korxonasi MCHJ jamoalari ham faol ishtirok etmoqda. Ular obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
Bugungi kunda korxona atrofi go‘zal, xavfsiz va ekologik barqaror maskanga aylanib bormoqda.