RESPUBLIKA SANOAT YARMARKASIDA “O‘ZMETKOMBINAT” ISHTIROKI DAVOM ETMOQDA
Bugun, 17-dekabr kuni Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasining 3-kuni o‘tkazildi.
Koʻrgazmada “O‘zmetkombinat” AJ mahsulotlari, yangi texnologiyalari va istiqbolli loyihalarni namoyish qilmoqda. Koʻrgazmaning 2-kuni kombinat mutaxassislari Xitoyning "Shanghai Pinxing Motor Co., Ltd." kompaniyasi vakillari bilan strategik hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.
Yarmarka ishtirokchilarga nafaqat mahsulotlar bilan tanishish, balki sanoatdagi investitsiya salohiyatini baholash, yangi qo‘shma loyihalarni rejalashtirish va innovatsion yechimlarni tatbiq etish imkonini yaratmoqda.