YOSH MUTAXASSISLAR “O‘ZMETKOMBINAT”DA AMALIYOT O’TASHDI
Bekobod shahar 1-son texnikumi bir necha yillardan buyon “O‘zmetkombinat” AJ bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Bu hamkorlikning maqsadi kelajakda kombinatga yosh kadrlarni yetkazib berishdan iborat.
Ayni kunlarda texnikumning laborant-ekolog, po‘lat quyuvchi va payvandlovchi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlari ishlab chiqarish amaliyotini o‘tab o‘zlariga biriktirilgan tajribali mutaxassislardan sohalariga oid bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishmoqda.
Ushbu amaliyot o‘tash davri ularni kelajakdagi ish faoliyatiga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi va texnikum hamda kombinat o‘rtasidagi hamkorlikning samarali ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.