KOMBINAT VAKILLARI TRENINGDA ISHTIROK ETISHDI
Xalqaro barqaror rivojlanish va ESG standartlarini davlat ulushi mavjud yirik kompaniyalar faoliyatiga joriy etish maqsadida "UzAssets" AJ Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida "ESG Center of Excellence"ni ishga tushirishni rejalashtirilmoqda.
Ushbu tashabbus doirasida 2025-yil 19-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes va tadbirkorlik maktabi bilan hamkorlikda yirik davlat korxonalarining mas’ul mutaxassislari uchun trening tashkil etildi.
Ushbu treningda “O‘zmetkombinat” AJ mutaxassislari ham ishtirok etishdi. Unda davlat korxonasining barqaror rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda bo‘limlar roli mavzusida ma’lumotlar berildi.
Treningning maqsadi ekologiya, ijtimoiy mas’uliyat, korporativ boshqaruv (ESG) yo‘nalishlar bo‘yicha tizimli yondashuv orqali ichki ekspertizani oshirishdir. Bu esa davlat korxonalari faoliyatiga ESG tamoyillarini joriy etish bo‘yicha vazifalarni samarali amalga oshirish imkonini beradi.
Kombinat mutaxassislarining treningda ishtiroki va ESG yondashuvlarini keyinchalik joriy etishda ko‘plab imkoniyatlarni yaratadi.
Jumladan, barqaror rivojlanish sohasida xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, kombinatning barcha asosiy biznes-jarayonlariga yagona ESG amaliyotlarini joriy etish, shaffoflikni, boshqaruv sifati va korporativ javobgarlik darajasini oshirish, ekologik va ijtimoiy xavf-xatarlarni kamaytirish, investitsion jozibadorlikni mustahkamlash va xalqaro talablarga muvofiqlikni ta’minlash, kombinatning uzoq muddatli barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlash shular jumlasidandir.