+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

YIRIK MUHANDISLIK KOMPANIYASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

YIRIK MUHANDISLIK KOMPANIYASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
1 / 3

“O‘zmetkombinat” AJda xalqaro miqyosda faoliyat yurituvchi yirik muhandislik kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida sanoat loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Qo‘shma loyihalarni rivojlantirish, texnologik tajriba almashinuvi hamda ilg‘or xalqaro amaliyotlarni o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, mazkur muhandislik kompaniyasi 1975-yilda tashkil etilgan bo‘lib, metallurgiya, tog‘-kon hamda neft-gaz sohalarida EPC yo‘nalishida katta tajribaga ega.
Ushbu hamkorlik “O‘zmetkombinat” AJ faoliyatini yanada rivojlantirishga, shuningdek, mamlakatimiz metallurgiya sohasining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

5.001 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish