Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

SAYYOR QABUL O’TKAZILDI

25.12.2025 25.12.2025 389

    

Barqaror rivojlanish departamenti direktori Dilshod Kamolov tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.

Mazkur sayyor qabul davomida kombinat xodimlari hamda murojaatchilar tomonidan bir qator ijtimoiy va mehnatga oid masalalar ko‘tarildi. Jumladan, moddiy yordam ajratish, boshqa ish joyiga o'tish, mavjud mehnat munosabatlarini o‘zgartirish, shuningdek, “O'zmetkombinat” AJ bilan mehnat shartnomasi tuzish bilan bog'liq murojaatlar tinglandi.

Bildirilgan barcha murojaatlar sayyor qabul komissiyasi a'zolari  ishtirokida, amaldagi qonunchilik hujjatlari, ichki me'yoriy hujjatlar hamda belgilangan tartib-qoidalarga qat'iy rioya etilgan holda  ko'rib chiqildi. 

Ayrim masalalar bo'yicha murojaatchilarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, qo'shimcha o'rganishni talab etuvchi murojaatlar esa belgilangan tartibda tegishli bo'lim va xizmatlarga ijro uchun yo'naltirildi.

Sayyor qabul yakunlari bo‘yicha mas'ul tarkibiy bo'linmalarga aniq topshiriqlar berilib, murojaatlarning o'z vaqtida va sifatli ijro etilishi ustidan qat'iy nazorat o'rnatildi.

 

5.00

(1 ovoz)