“O’ZMETKOMBINAT” TOMONIDAN 75 MING TUP KO’CHAT EKILMOQDA
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida jami 75 ming tup daraxt ko‘chatini ekish ishlari yakuniy bosqichga yetkazilmoqda. Ko‘chatlar hududning iqlim xususiyatlari, tuproq tarkibi va ekologik holati chuqur tahlil qilingan holda tanlab olindi. Ushbu yondashuv yashil maydonlarni kengaytirish bilan bir qatorda, atrof-muhit muvozanatini saqlash va ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
“O‘zmetkombinat” AJ uchun ekologik mas’uliyat korxona faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ko‘kalamzorlashtirish ishlari orqali jamiyat va atrof-muhit oldidagi ijtimoiy mas’uliyat amalda namoyon etilmoqda. Bugun ekilayotgan har bir nihol kelgusida sog‘lom ekologik muhitni shakllantirish, yashil hududlarni ko‘paytirish va kelajak avlod uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishga munosib hissa bo‘lib xizmat qiladi.