+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

“O‘ZMETKOMBINAT” AJDA KORRUPSIYAGA QARSHI UCHRASHUV BO'LIB O'TDI

“O‘ZMETKOMBINAT” AJDA KORRUPSIYAGA QARSHI UCHRASHUV BO'LIB O'TDI
1 / 6

“O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi - Bosh direktori Bahodir Abdullayev rahbarligida Ishlab chiqarishni ta’minlash departamenti jamoasi bilan  uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida kombinat faoliyatini zamonaviy boshqaruv mexanizmlari va yangi strategik yo‘nalishlar asosida tashkil etish masalalari batafsil muhokama qilindi. 

Natijada vazifalar aniq belgilandi va ushbu yondashuv qisqa hamda o‘rta muddatda sezilarli natijalarga erishishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Jamoaning mas’uliyati, intizomi va ishga yondashuvi belgilangan maqsadlarning izchil va samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi. 

Har bir xodim o'z ishiga mas’uliyat bilan yondashishi va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymasligi barqaror rivojlanishning kafolati hisoblanadi.Shu maqsadda korrupsiyaning oldini olish va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan @fidoiy_metallurg_bot ishga tushirildi. Barcha xodimlar va hamkorlarimiz halollikni ta’minlash, qonuniylikni hurmat qilish va korrupsiyaga qarshi faol kurash olib borishga chaqirildi.
 

3.002 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish