"O‘ZMETKOMBINAT”DA YANGI YIL BAYRAMI BO'LIB O'TDI
Bugun “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan Metallurglar saroyida Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi. Tadbirni Boshqaruv raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev ochib, o‘tgan yil davomida korxona faoliyati va erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi.
Shu bilan birga, Bekobod shahar hokimi Nasrulla Babayev ham tadbirda ishtirok etib, metallurglar mehnatining sanoat rivojidagi ahamiyatini e’tirof etdi va jamiyat jamoasini Yangi yil bilan tabrikladi. Har ikki rahbar nutqlarida xodimlarning samarali mehnatini yuqori baholab, kelgusi yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar va rivojlanish yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirning badiiy qismida taniqli san’atkorlar ishtirok etib, bayram dasturiga ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar. Xususan, xonanda Dilso‘z, kulgi ustasi Valijon Shamsiyev hamda “O‘zbegim” guruhi ijrolari tadbir ishtirokchilari tomonidan iliq kutib olindi.Yangi yilga bag‘ishlangan tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.
“O‘zmetkombinat” AJ jamoasi barcha xodimlarni kirib kelayotgan 2026-yil bilan tabriklab, ularga mustahkam sog‘lik, barqarorlik va muvaffaqiyatlar tilaydi.