KORRUPSIYA HOLATLARI HAQIDA “O‘ZMETKOMBINAT” AJ BOSHQARUVI RAISI - BOSH DIREKTORIGA XABAR BERING!
Korrupsiya holatlari haqida “O‘zmetkombinat” BoshqaruvI raisi - Bosh direktoriga xabar bering!
Endilikda korrupsiya holatlari haqida bevosita “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruvi raisi - Bosh direktori Bahodir Abdullayev hamda Komplaens xizmati rahbari Muhammadali Asrorovga murojaat qilishingiz mumkin.
Har bir murojaat shaxsan ushbu rahbarlar tomonidan nazoratga olinib, mas’uliyat bilan o’rganib chiqiladi. Eng muhimi ulardan boshqa hech kim xabar topmaydi.
Agar siz:
• mansab vakolatidan shaxsiy manfaat uchun foydalanish;
• korxona mablag‘larini noqonuniy o'zlashtirish;
• pora olish yoki berish;
• manfaatlar to‘qnashuvi va adolatsizlik;
• tanish-bilishchilik va xolis qarorlar buzilishi;
• boshqa har qanday korrupsiya yoki qonunbuzilish holatlarining guvohi bo’lsangiz @fidoiy_metallurg_bot orqali murojaat qiling!