+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

KOMBINATDA FAVQULODDA VAZIYATLAR PROFILAKTIKASI KUCHAYTIRILMOQDA

KOMBINATDA FAVQULODDA VAZIYATLAR PROFILAKTIKASI KUCHAYTIRILMOQDA
1 / 4

"O‘zmetkombinat" aksiyadorlik jamiyati obyektlarida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan har haftaning chorshanba kuni “Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni” sifatida muntazam tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida yong‘indan xabarlash qurilmalari, yong‘inni birlamchi o‘chirish vositalari hamda yong‘inga qarshi suv ta’minoti tizimlarining texnik sozligi va barqaror ishlashi doimiy nazoratga olinmoqda. Aniqlangan kamchiliklar esa zudlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, ishchi-xizmatchilar o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish va xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot uchrashuvlari tashkil etilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlar korxonada xavfsiz muhitni ta’minlash, favqulodda holatlarning oldini olish va xodimlar hayoti hamda salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish