“METALLURG" JAMOASI INTELLEKTUAL MUSOBAQADA MUNOSIB ISHTIROK ETDI
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa mamlakatimiz tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi xodimlarning bilim va intellektual salohiyatini rivojlantirish, ijodiy fikrlash qobiliyatini namoyish etish hamda tashkilotlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil etildi.
Kombinatimiz yoshlari tomonidan tashkil etilgan “Metallurg” jamoasi ushbu musobaqada munosib ishtirok etdi. Jamoa 50 ga yaqin ishtirokchi jamoalar orasida o‘z bilimini, tezkor fikrlash va muloqot qobiliyatini namoyish etib, kombinat nomini yuqori darajada himoya qildi.
Musobaqada ishtirok etgan yoshlarmizning bilimga intilishi, jamoaviy ishlash ko‘nikmalari va tashabbuskorligi kombinatimizning intellektual salohiyatini oshirish, yosh mutaxassislar salohiyatini rivojlantirish va korxona imidjini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Kombinatimiz yoshlari tashkilotning faoliyati va kelajakdagi rivojlanish strategiyasida faol ishtirok etib, soha ekspertlari va hamkasblari tomonidan yuqori baholandi.