Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘ZMETKOMBINAT”DA YIL YAKUNLARI SARHISOB QILINDI

31.03.2026 31.03.2026 184

    

“O‘zmetkombinat” AJda yil yakunlari hamda jamoa shartnomasi ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, kombinat boshqaruvi va kasaba uyushmasi o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik izchil rivojlanib, xodimlar manfaatlarini himoya qilish borasida muhim natijalarga erishildi. Belgilangan barcha majburiyatlar to‘liq bajarilib, jamoada barqaror ijtimoiy muhit ta’minlandi.

Hisobot davrida yangi ish o‘rinlari yaratilib, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish va qayta tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qildi.

Shuningdek, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini mustahkamlash va turmush sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettirildi. Ish haqlari o‘z vaqtida to‘lab berilib, moddiy yordam va ijtimoiy to‘lovlar tizimli ravishda amalga oshirildi.

Korxonada mehnat xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish hamda xodimlarni zarur himoya vositalari bilan ta’minlash ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, kelgusi davr uchun yirik ishlab chiqarish rejalar belgilab olindi. Mutaxassislar fikricha, ushbu maqsad va vazifalar jamoaning hamjihatligi, mas’uliyati va samarali mehnati orqali muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.

 

5.00

(1 ovoz)