+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

RAHBAR NAZORATI: KOMBINATDAGI MAVJUD KAMCHILIKLAR ANIQLANIB, VAZIFALAR BELGILANDI

RAHBAR NAZORATI: KOMBINATDAGI MAVJUD KAMCHILIKLAR ANIQLANIB, VAZIFALAR BELGILANDI
1 / 3

“O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv Raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev korxona hududida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ko‘zdan kechirish davomida hududni obodonlashtirish, tozalash va tartibga keltirish jarayonlari atroflicha o‘rganilib, mavjud tartib-intizom darajasi.

Shu bilan birga, ish joylarida xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda texnik vositalardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi tahlil qilinib, ularni yanada takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqildi.

Yakunda Boshqaruv raisi tomonidan tegishli tavsiyalar berilib, hududda tartib, xavfsizlik va obodonlikni izchil saqlash muhimligi ta’kidlandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan mas’ul bo‘limlarga aniq vazifalar belgilab berildi.

5.002 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish