+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

KOMBINATIMIZDA “YOSHLAR BOG’I” TASHKIL ETILDI

KOMBINATIMIZDA “YOSHLAR BOG’I” TASHKIL ETILDI
1 / 3

“Dolzarb 30 kun” loyihasi doirasida “O‘zmetkombinat” AJ hududida ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga qadar 300 tup daraxt ko‘chatlari ekildi hamda qo‘shimcha ravishda 50 ming tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan.

Ko‘chatlar hududning iqlim sharoiti, tuproq tarkibi va ekologik holati chuqur tahlil qilingan holda tanlab olinmoqda. Bu esa yashil hududlarni kengaytirish bilan birga, atrof-muhit muvozanatini saqlash va ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

“O‘zmetkombinat” AJda ekologik mas’uliyat ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib, amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari orqali jamiyat va atrof-muhit oldidagi ijtimoiy mas’uliyat amalda namoyon etilmoqda.

“Dolzarb 30 kun” loyihasi doirasida olib borilayotgan mazkur ishlar hududni yanada obod va ekologik jihatdan barqaror maskanga aylantirishga qaratilgan muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish