SIRDARYODA SAYYOR QABUL: MUROJAATLAR AMALIY YECHIM TOPMOQDA
“O‘zmetkombinat” AJ rahbariyati hamda Toshkent viloyati va O‘zbekiston Respublikasi Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda kombinat tarkibiga kiruvchi Sirdaryo IKM uchastkasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan boshqa ishga o‘tish, binolarni ta’mirlash, moddiy yordam ajratish, ish haqi masalalari hamda ishga joylashishga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Har bir murojaat belgilangan tartibda atroflicha o‘rganilib, joyida tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, mas’ul mutaxassislar tomonidan murojaat egalariga zarur huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi.
Murojaatlar ijrosini ta’minlash, ularni o‘z vaqtida va qonuniy hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.