+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

“O‘zmetkombinat" xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

“O‘zmetkombinat" xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
1 / 3

“O‘zmetkombinat” AJ tomonidan xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, issiq prokatlangan rulon mahsulotlarini eksport qilish yo‘nalishida Turkiyaning quvurlar ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi “Albitra” hamda metall mahsulotlari savdosi va qayta ishlash yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi “Tekfem Demir Çelik” kompaniyalari bilan hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Mazkur hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali mahsulotlar eksportini kengaytirish, yangi bozorlarga chiqish hamda ishlab chiqarish hajmlarini yanada oshirish ko‘zda tutilmoqda.

“O‘zmetkombinat” AJ xalqaro sheriklar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish orqali o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashda davom etmoqda.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish