+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

NAVLI PROKAT BO‘LINMASIDA “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

NAVLI PROKAT BO‘LINMASIDA “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
1 / 3

Bugun, haftaning payshanba kuni — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Navli prokat bo‘linmasining vallarni ta’mirlash uchastkasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda jami 30 nafar yoshlar ishtirok etdi. Ularning 20 nafari Navli prokat bo‘linmasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar bo‘lsa, qolgan ishtirokchilar tarkibiy bo‘linmalarda mehnat qilayotgan iqtidorli va tashabbuskor yoshlardan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda yoshlarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, rahbariyat tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, yoshlarning fikr va takliflariga alohida e’tibor qaratildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning jamoadagi o‘rnini mustahkamlash, ularning faolligini oshirish va ish jarayonidagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish