Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Rahbariyatning chiqish va bayonotlari

QURBON HAYITI TABRIGI

26.05.2026 26.05.2026 47


Qadrli metallurglar, muhtaram faxriylar va aziz hamkasblar!

Sizlarni va yurtdoshlarimizni muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Asrlar davomida xalqimiz ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutib kelayotgan ushbu ulug‘ bayram inson qalbida mehr-oqibat, saxovat, bag‘rikenglik va shukronalik tuyg‘ularini mustahkamlab, el-yurtimizni ezgu maqsadlar atrofida birlashtirib kelmoqda.

Bugun “O‘zmetkombinat” AJ jamoasi mamlakatimiz sanoat salohiyatini yuksaltirish, iqtisodiyot tarmoqlarini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish yo‘lida matonat va fidoyilik bilan mehnat qilib kelmoqda. Sizlarning bilim va tajribangiz, kombinat taqdiriga daxldorlik hissi bilan olib borayotgan faoliyatingiz korxonamiz taraqqiyotining mustahkam tayanchi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Korxonamiz taraqqiyoti va yurtimiz iqtisodiyoti rivoji yo‘lidagi halol va fidokorona mehnatingiz uchun barchangizga chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Shu muborak kunlarda Sizlarga mustahkam sog‘liq, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va baraka tilayman. Har bir ezgu niyatingiz amalga oshsin, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ishlarimizga ulkan zafarlar yor bo‘lsin!

Yana bir bor barchangizga Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

Bahodir ABDULLAYEV,

“O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruvi raisi – Bosh direktor.

 

0

(0 ovoz)