Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Rahbariyatning chiqish va bayonotlari

MЕHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR MAQSAD

28.04.2024 28.04.2024 461

 

"O‘zmetkombinat" AJda ishchi-xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishlarining oldini olish hamda mehnat muhofazasi masalalariga katta e'tibor qaratilgan.

Ishchi-xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, xavfsizlikni ta'minlashda tegishli me'yorlar, qoidalar va zaruriy chora-tadbirlar belgilab qo‘yilgan. Ularga amal qilinishi Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi departamenti tarkibidagi Sanoat xavfsizligi boshqarmasi, Mehnat muhofazasi bo‘limi, Favqulodda vaziyatlar va radiatsiya xavfsizligi bo‘limi, Yong‘in xavfsizligi guruhi hamda Gaz qutqaruv tuzilmasi xodimlari tomonidan nazoratga olingan.

Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi departamenti tomonidan 2023-yilda 1220 nafar odamga kirish yo‘riqnomalari o‘tilgan. Shundan 464 nafarini amaliyotchilar, 141 nafarini yangi ishga kirganlar va 615 nafarini kombinatga tashrif buyurganlar va pudratchi tashkilotlarning ishchi-xodimlari tashkil etadi.

Joriy yilning birinchi choragida esa kombinatga yangi ishga kirayotganlar, amaliyotchilar, kombinatga tashrif buyurganlar hamda pudratchi tashkilotlardan jami 343 nafar odam mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘qitildi, yo‘riqnomalar berildi va bu boradagi bilimlari sinab ko‘rildi. Doimiy faoliyatdagi komissiya tomonidan 1484 nafar kombinat tarkibiy bo‘linmalari rahbar va mutaxassislari imtihondan o‘tkazildi.

2023-yilda Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida "Buxoro standart ta'lim" o‘quv markazi tomonidan (Zoom platformasi orqali) "Mehnat muhofazasi" mavzusida kombinat tarkibiy bo‘linmalarining mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillarining malakalarini oshirish maqsadida o‘quv kurslari tashkillashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi Davlat qo‘mitasi "Kontexnazorat o‘quv" DMning malakali mutaxassislari tomonidan 20 nafar xodim "Sanoat xavfsizligi" mavzusida o‘qitildi va ular malaka sertifikatlariga ega bo‘lishdi. Joriy yilda esa 40 nafar xodim ushbu kursda o‘qitilmoqda.

Baxtsiz hodisalarning sodir bo‘lmasligi va qanday sharoitda bo‘lmasin ishchi-xodimlarning mehnat muhofazasini ta'minlash nafaqat departament xodimlarining, balki har bir rahbarning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Ahmadjon UZOQOV

Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi departamenti direktori.

 

0

(0 ovoz)