Navbatdagi raqib — «Sho‘rtan»
Bekobodning «Metallurg» jamoasi navbatdagi tur doirasida 13-oktyabr kuni o‘z maydonida G‘uzorning «Sho‘rtan» klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuvdagi g‘alaba jamoamizni musobaqa jadvalida ikkinchi o‘ringa olib chiqadi.
Ma’lumot uchun, 21-turdan keyin g‘uzorliklar hisobida 45 ta ochko mavjud, «Metallurg»da esa — 43.«Sho‘rtan» PRO-Liga doirasidagi so‘nggi 5 ta o‘yinda 4 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. «Jayxun», «Paxtakor» FJ, TerDU va Farg‘onada «Yaypan» ustidan qozonilgan g‘alabadan avval jamoa kutilmaganda o‘z maydonida «Lochin»ga 0:1 hislobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan.Ushbu mavsum davomida 14 g‘alaba, 3 ta durang, 4 mag‘lubiyat qayd etib turgan g‘uzorliklarda urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar farqi +18ni tashkil qiladi: 38 — 20.Bevosita ushbu ikki jamoaning o‘zaro o‘yinlari tarixiga qaraydigan bo‘lsak, jamoalar umumiy hisobda 24 bor ro‘baro‘ kelgan va ustunlik «Metallurg» tomonida. Bekobod jamoasi 18 bor g‘alabaga erishib, faqat 4 marta imkoniyatni boy bergan.Eslatib o‘tamiz, PRO-Liga 22-turi doirasidagi «Metallurg» — «Sho‘rtan» uchrashuvi 13-oktyabr kuni Bekoboddagi «Metallurg» stadionida bo‘lib o‘tadi va 16:00da start oladi.