Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Ochiq ma`lumotlar / Korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish

Keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari ishtirokida o'tkazilgan press-tadbirlarni e'lon qilish darajasi

04.03.2024 30.07.2026 5381

Axborot xizmati rahbari tomonidan 2024-yil davomida axborotni yetkazib berishda tele-radio kanallar, gazeta, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va veb-saytlarda e’lon qilingan materiallar soni:

а) O‘zbekiston 24 teleradiokanalida (1 dona):

Ilovalar:

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/20415

 b) Uzreport TV telekanalida (2 dona):

Ilova:

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/20432

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/20753

d) Nurafshon telekanalida (5 dona):

Ilovalar:

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/18832

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/19413
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/19755

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/20714

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/20888

e) Sport telekanalida (1 dona):

Ilovalar:

https://www.youtube.com/watch?v=qhSpb_HQAdc

f) Правда востока gazetasida (5 dona):

Ilovalar:

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/18681
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/19206
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/19272
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/19661
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/20110

g) UZ.A O‘zbekiston milliy axborot agentligida (5 dona):

Ilovalar:

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/22303

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/22365

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/22611

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/22659

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23130

h) Yangi O‘zbekiston (4 dona)

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/19429
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/22497

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/21049

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/20974

MAQSADLI O‘QUV KURSLARIDAN...

Kombinat tarkibiy bo‘linmalari buyurtmalariga asosan elektrotexnik xodimlarning sohaga oid malakalarini yanada oshirish maqsadida o‘quv kursi tashkil qilindi.

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/15873

"UCH BOSQICHLI HIMOYA MODELI"

Joriy yilning 25 - 26-may kunlari Xodimlarni malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida "O‘zmetkombinat" AJda tavakkalchiliklarni boshqarish siyosatiga muvofiq "Uch bosqichli himoya" modeli doirasida kombinatning bir qator tarkibiy bo‘linmalari risk koordinatorlari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/15877

BOSHQARUV RAISI – BOSH DIREKTOR MUROJAATI

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/16231

 KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI!

"O‘zmetkombinat" AJ ishchi-xodimlari o‘rtasida kombinat rasmiy telegram kanalida o‘tkazilgan anonim so‘rovnoma natjjalari

  https://t.me/umk_matbuot_xizmati/16961 

KOORDINATORLAR UCHUN NAVBATDAGI SЕMINAR-TRЕNING O‘TKAZILDI

"Uch bosqichli himoya modeli doirasida tavakkalchiliklarni boshqarish" yo‘nalishida tarkibiy bo‘linmalar risk-koordinatorlari uchun navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi. 

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/17261

KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI!

"O‘zmetkombinat" AJ ishchi-xodimlari o‘rtasida kombinat rasmiy Telegram kanalida o‘tkazilgan anonim so‘rovnoma natijalari.

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/16961

KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI!

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/18086

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/18096

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/18105

Uzreport TV telekanalining "Uzreport News" informatsion dasturi orqali "O‘zmetkombinat" AJ Metallurglar madaniyat saroyida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan "Ochiq eshiklar kuni" haqidagi lavha e'lon qilindi.  

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/18118

6 декабря 2023 года в газете "Правда Востока" №254 была опубликована статья работника  Пресс-службы АО "Узметкомбинат" Равшана Балтабаева под заголовком АО "УЗМЕТКОМБИНАТ" ЭФФЕКТИВНАЯ БОРЬБА С КОРРУПЦИЕЙ"

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/18131

Nurafshon TV telekanalining "Nurafshon xabarlari" informatsion dasturi orqali  "O‘zmetkombinat" AJ Metallurglar madaniyat saroyida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan "Ochiq eshiklar kuni" haqidagi lavha e'lon qilindi.

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/18166

9-DEKABR - XALQARO KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH KUNI!

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/18232

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/18234

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/18119

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/18160

KORRUPSIYAGA QARSHI MUROSASIZ BO‘LAYLIK!

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/18235

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – BARCHAMIZNING VAZIFAMIZ!

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/18236

Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida "ISO:37001 korrupsiyaga qarshi kurashish boshqaruvi tizimi menejeri/ichki auditori" mavzusida malaka oshirish kursi tashkil etildi.

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/20021

Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida kombinat tarkibiy bo‘linmalari xavf koordinatorlari uchun xavflarni boshqarish siyosatiga muvofiq "Uch bosqichli himoya" (3 LoD) modeli doirasida
Komplayens xizmati xodimlari tomonidan o‘quv kursi tashkil etildi.

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/19710

Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida kombinat tarkibiy bo‘linmalari xavf koordinatorlari uchun xavflarni boshqarish siyosatiga muvofiq "Uch bosqichli himoya" (3 LoD) modeli doirasida

Komplayens xizmati xodimlari tomonidan o‘quv kursi tashkil etildi.

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/21368

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni, “O‘zmetkombinat” AJ Odob-axloq kodeksi va “O‘zmetkombinat” AJda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq, xodimlarning axloqiy me’yorlariga sodiqligini kuchaytirish, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida, Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida kombinat tarkibiy bo‘linmalarining yangi ishga qabul qilngan xodimlari uchun guruhlarga bo‘lingan holda 2024-yilning 11 oktabrdan 30 oktabr kuniga qadar malaka oshirish o‘quv kursi (seminar trening test sinovlari bilan) tashkil etildi.

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/22663 

“O‘zmetkombinat” AJ  ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” Xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/22640

UZ.A  – O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy veb-saytida "O‘zmetkombinat" aksiyadorlik jamiyati tomonidan ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritganligi haqidagi maqolani e’lon qildi.
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/22659


«Узметкомбинат» получил очередной международный сертификат
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/22654

Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy majlisining 2023-yil 23-avgustdagi 16-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Aksilkorrupsiya oyligi o‘tkazilmoqda. Ushbu oylik doirasida tadbirlar rejasiga asosan
Komplayens – xizmati tomonidan 2024-yil 25-noyabr kuni Kombinat Ishlab chiqarish departamenti xodimlari bilan "Manfaatlar to‘qnashuvi shakllari va korrupsiyaga nisbatan murosasizlik madaniyatini shakllantirish" mavzusida Davra suhbati o‘tkazildi.
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23068 

Komplayens – xizmati tomonidan Kombinat xodimlari huquqiy ongini oshirish maqsadida “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida” gi Qonuning amal qilish sohasi va maqsadlari mavzusida 
ESLATMA

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23079

Davra suhbati o'tkazildi
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23068

"9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni"ga bag‘ishlangan ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23102

“9 DEKABR XALQARO KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH KUNI” MAVZUSIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23114

“9 DEKABR XALQARO KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH KUNI” MAVZUSIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TADBIRIDAN VIDEOLAVHA
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23129

UZ.A  – O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy veb-sayti hamda telegram kanalida  "O‘zmetkombinat" aksiyadorlik jamiyatida
9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni monasabati bilan o'tkazilgan "Ochiq eshiklar kuni" tadbiridan maqola e'lon qildi.
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23130


Maxsus malaka oshirish o‘quv kursi (seminar trening test sinovlari bilan) tashkil etildi.
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23131

Komplaens xizmati eslatib o'tadi
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23135

8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23269

9 DEKABR – XALQARO KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH KUNI
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23279

9 DEKABR – XALQARO KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH KUNI
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23274


“O‘ZBEKISTON METALLURGIYA KOMBINATI” AKSIYADORLIK JAMIYATI ISO 37001:2016 “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MENEJMENT TIZIMI” XALQARO SERTIFIKATINI QO‘LGA KIRITDI
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23352

JORIY YILNING 10, 11 VA 12-DEKABR KUNLARI KOMPLAYENS – XIZMATI BOSHLIG‘I TO‘LQIN XOJIYEV VA KOMPLAYENS - XIZMATI MENEJERI XAYRULLA FAYZIYEV O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH VA ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH QO‘MITASI TOMONIDAN TASHKILLASHTIRILGAN DAVLAT ORGANLARI VA XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR XODIMLARINI RAQOBAT SIYOSATI BO‘YICHA O‘QITISH VA MALAKASINI OSHIRISH BO‘YICHA MAXSUS O‘QUV KURSIDA QATNASHISHDI

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23355
 

XODIMLAR MALAKASINI BAHOLASH, O‘QITISH VA RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASIDA KOMPLAENS - XIZMATI TOMONIDAN KOMBINAT TARKIBIY BO‘LINMALARIGA YANGI ISHGA QABUL QILINGAN XODIMLARI UCHUN GURUHLARGA BO‘LINGAN HOLDA 2024-YILNING 13 - 14-DEKABR KUNLARI MALAKA OSHIRISH O‘QUV KURSI TASHKIL ETILDI

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23365

2024-YIL 17-DEKABR KUNI KOMIBINATNING ICHKI AUDIT XIZMATI, REJA IQTISODIYOT BOSHQARMASI, G‘AZNACHILIK BO‘LIMI, SOTIB OLISHLAR BO‘YICHA BOSHQARMA, IJTIMOIY KORPORATIV MAS’ULIYAT, KORPORATIV XAVFSIZLIK VA RESURSLARNI HIMOYA QILISH DEPARTAMENTI VA KOMPLAYENS XIZMATI XODIMLARI ISHTIROKIDA KOMBINATNING JINOYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH SIYOSATI TALABLARINI O‘RGANISH HAMDA ZARUR CHORA TADBIRLARNI ISHLAB CHIQISHNI TASHKILLASHTIRISH MAQSADIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23439

2024-YIL 17-DEKABR KUNI “O‘ZMETKOMBINAT” AJ KUZATUV KENGASHI HUZURIDAGI KOMPLAYENS-XIZMATI  TOMONIDAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH VA ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH QO‘MITASI TOMONIDAN TASHKILLASHTIRILGAN DAVLAT ORGANLARI VA XO‘JALIK YURITUVCHI SUBEKTLAR XODIMLARINI RAQOBAT SIYOSATI BO‘YICHA O‘QITISH VA MALAKASINI OSHIRISH BO‘YICHA MAXSUS O‘QUV KURSIDAN OLGAN BILIM VA KO‘NIKMALARINI KOMBINAT TEGISHLI TARKIBIY BO‘LINMALAR FAOLIYATLARIDA TADBIQ ETISH YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23404


2024-YIL 20-DEKABR KUNI KOMBINAT IJROIYA APPARATI MAJLISLAR ZALIDA “O‘ZMETKOMBINAT” AJ XODIMLARIDA KORRUPSIYAGA NISBATAN MUROSASIZ MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISH, ULARNING HUQUQIY ONGINI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISH MAQSADIDA “PORA OLISH VA PORA BERISH JINOYATI VA UNI SODIR ETILISHINING MASALALARI”, KOMBINATDA JINOYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH SIYOSATINING TALABLARI MAVZUSIDA BEKOBOD SHAHAR ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI BOSHLIG‘I F. ISMOILOV ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23466

2023-YIL 23-DEKABR KUNI KOMBINAT TARKIBIY VA HUDUDIY BO‘LINMALARI XODIMLARI ORASIDA MANFAATLAR TO‘QNASHUVI, KORRUPSIYANI MINIMALLASHTIRISH CHORALARI, KOMBINATNING JINOYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH SIYOSATI TALABLARI MAVZUSIDA BEKOBOD SHAHAR ADLIYA BO‘LIMI YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH MARKAZI BOSHLIG‘I, ADLIYA MASLAHATCHISI TURSUNOV NIZOMIDDIN UMARALIYEVICH VA KOMPLAYENS XODIMLARI ISHTIROKIDA SEMINAR TRENING O‘TKAZILDI
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23499
 

 

2025-yil


2025-YIL 15-17-YANVAR KUNLARI "O‘ZMETKOMBINAT" AJNING XODIMLAR MALAKASINI BAHOLASH, O‘QITISH VA RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASIDA NAVBATDAGI SEMINAR-TRENING BO‘LIB O‘TDI
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23829  

KOMBINAT MODDIY ZAXIRALARNI BOSHQARISH XIZMATI (MZBX) XODIMLARI BILAN “PORAXO‘RLIK ILLATI”, “MANFAATLAR TO‘QNASHUVI TO‘G‘RISIDA” GI QONUN TALABLARI MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI. SHUNINGDEK, XODIMLARNINIG O‘Z LAVOZIM YO‘RIQNOMALARIDA BELGILANGAN MAJBURIYATLARNI BAJARAYOTGANLIKLARI, TOVAR MODDIY BOYLIKLARI O‘G‘IRLANISHI YOKI ZARAR YETKAZILISHI, AXBOROT TEXNOLOGIYALARI DIREKSIYASI (ATD) BILAN HAMKORLIKDA AVTOMATLASHTIRISH YO‘NALISHIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR MAVZUSIDA HAM SUHBATLASHILDI
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23842


2024-YILDA "O'ZMETKOMBINAT" AJDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARINI KO'RIB CHIQISH NATIJALARI TO'G'RISIDA INFOGRAFIKA
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23862

2025-YIL 22-YANVAR KUNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2023-YIL 3-IYULDAGI O‘RQ-850-SONLI “RAQOBAT TO‘G‘RISIDA”  QONUNIGA KIRITILGAN O‘ZGARISHLAR VA MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISH SOHASIDA KOMBINATDA YO‘LGA QO‘YILGAN ISHLAR BO‘YICHA KOMBINATNING MUTAXASSISLARINI JALB QILGAN HOLDA SEMINAR O‘TKAZILDI
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23873

 

"O‘zmetkombinat" AJning Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida malaka oshirgan ishchi-xodimlar INFOGRAFIKASI
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23900


"MANFAATLAR TO‘QNASHUVIGA OID HOLLARGA NISBATAN KO‘RILADIGAN CHORALAR" MAVZUSIDA  AUDIOROLIK 
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/26617 

"O'zmetkombinat" AJ Matbuot xizmati tomonidan 2024-yil davomida e'lon qilingan materiallar haqidagi INFOGRAFIKA
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/23957

“O‘zmetkombinat” AJda 2025-yil I chorakda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida INFOGRAFIKA
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/24793 

 

“O‘zmetkombinat” AJda 2025-yil II chorakda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida INFOGRAFIKA
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/26526
 

2025-yil 2-chorak davrida Komplaens xizmati xodimlarining rejalashtirilgan tadbirlar ish rejasiga asosan bir qancha davra suhbatlari o‘tkazildi. Jumladan, Ikkilamchiqorametallar departamenti Farg‘ona, Namangan, Andijon, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax IQM filiallari xodimlarini huquqiy ongini oshirish maqsadida, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadni legallashtirish, poraxo‘rlik illati mavzularida davra suhbatlari tashkillashtirildi.
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/26500

“O‘zmetkombinat” AJning xavflarni boshqarish Siyosatiga muvofiq “Uch bosqichli himoya” (3 LoD) modeli doirasida xavflarni boshqarish korporativ tizimining ishlashini ta’minlash maqsadida Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida kombinat xodimlari uchun “xavflarni boshqarish” bo‘yicha qisqa muddatli o‘qish tashkil etildi

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/25073
 

“Yuridik va jismoniy shaxslarning xarid qilish tartib-taomillarida sifatli ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, halol raqobatni rivojlantirish va xarid qilish” mavzusi bo‘yicha kombinat mutaxassislari uchun o‘quv kursi - ishlab chiqarishdan  ajralgan holda  tashkil etildi.

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/24334


“O'zmetkombinat” AJda korrupsiya haqida xabar berishga mo'ljallangan aloqa kanallari haqida ma'lumotlar
https://t.me/umk_matbuot_xizmati/26780 

“O'zmetkombinat” AJda korrupsiya haqida xabar berishga mo'ljallangan aloqa kanallari haqida ma'lumotlar

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/26781

“O‘zmetkombinat” AJ xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va monopoliyaga qarshi kurashish sohasida, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida 2025-yil iyul oyida Komplaens xizmati xodimlarining rejalashtirilgan tadbirlar ish rejasiga asosan bir qancha davra suhbatlari o‘tkazildi.Jumladan, «Ikkilamchiqorametallar» departamenti Buxoro IQM filiali xodimlarining huquqiy ongini oshirish maqsadida, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadni legallashtirish, poraxo‘rlik illati mavzularida davra suhbatlari tashkillashtirildi. 

https://t.me/umk_matbuot_xizmati/26783 
 KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ

«O‘zmetkombinat» AJning  Quyuv-prokatlash majmuasida korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Korporativ xavfsizlik va resurslarni himoya qilish departamenti yetakchi mutaxassisi B.Abdirahimov olib bordi.Ishtirokchilarga korrupsiyaning jamiyat va korxona uchun oqibatlari, shuningdek, halollik, shaffoflik va shaxsiy mas’uliyat zarurligi eslatib o‘tildi. Ayniqsa, manfaatlar to‘qnashuvi va xatarlarning oldini olish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, yig'ilishda Bekobod shahar IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik Dilshod Eshmatov ma’ruza qildi.Bunday uchrashuvlar korporativ intizomni mustahkamlaydi va korxonada ishonch madaniyatini shakllantiradi.

DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

Komplaens xizmati tomonidan Ishlab chiqarishni ta’minlash departamentida davra suhbati o‘tkazildi. Yig‘ilishda lavozim yo‘riqnomalaridagi majburiyatlarni bajarish, “Poraxo‘rlik illati”, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun, “O‘zmetkombinat” AJning sovg‘alar va biznes mehmondo‘stlik siyosati, jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish hamda korporativ firibgarlikka oid masalalar muhokama qilindi. Komplaens xizmati menejeri G‘anisher Nurmatov korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olish, xodimlarning odob-axloq qoidalariga rioya etish zarurligiga e’tibor qaratdi va manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etishga chaqirdi.  Shuningdek, korrupsiya holatlari haqida xabar berganlar uchun rag‘batlantirish tartibi mavjudligi hamda qonunchilikdagi yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

 Korrupsiyaga qarshi kurash – ustuvor vazifa

“O‘zmetkombinat” AJda korrupsiyaga qarshi siyosat bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirni Komplayens xizmati tashkil qilib, unda korxona bo‘linmalari va filiallari xodimlari ishtirok etishdi.  Ishtirokchilarga manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha qonunchilik talablariga, korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish choralariga, shuningdek, sovg‘alar qabul qilish, vakillik xarajatlari va ishbilarmon uchrashuvlarni tashkil etish qoidalariga oid eslatmalar berildi.Bunday dasturlar jamoada oshkoralik va mas’uliyat madaniyatini shakllantirish, ishonchni mustahkamlash hamda huquqiy xavflarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Komplaens-xizmati tomonidan seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqdа

“O‘zmetkombinat” AJning barcha bo‘linmalarida Komplaens xizmati tomonidan seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlar korxonada halollik, ishonch va ochiqlik muhitini shakllantirishga qaratilgan tizimli ishlarning muhim qismidir.Seminarlarda korrupsiyaga qarshi siyosatning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilinmoqda, amaliy misollar keltirilib, qonun buzilishlarining oldini olish choralari ko‘rib chiqilmoqda. E’tibor markazida bosh direktor Bahodir Abdullayevning «Metallurg minbari» gazetasida chop etilgan «Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaylik!» nomli murojaati bo’ldi. Unda korrupsiyaning korxona rivojiga to‘sqinlik qilishi va jamoada ishonchni yemirishi ta’kidlangan.Seminarda xodimlar faol qatnashib, savollar berishmoqda va o‘z tajribalarini o‘rtoqlashishmoqda. Bunday ochiq muloqotlar birgalikda amaliy yechimlarni topishga yordam bermoqda.Korrupsiyaga qarshi kurash butun jamoaning umumiy maqsadi sifatida qaralmoqda. Faqat birgalikdagi harakatlar korxonada adolatli va barqaror rivojlanish uchun mustahkam asos yaratadi.

Shaffoflik va ishonch: tizimli yondashuv

"O‘zmetkombinat" AJda korporativ etikani mustahkamlash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda. Korxona bo‘linmalarida “Korrupsiyaga qarshi kurash”, “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish”, “Sovg‘a berish va qabul qilish tartibi”, “Korporativ firibgarlik” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.Shunday tadbirlar Navli prokatlash bo‘linmasi, “Bekobod kislorod ishlab chiqarish korxonasi” MCHJ, “Bekobod rangli metallar ishlab chiqarish korxonasi” MCHJ, Kadrlar va tashkiliy rivojlanish direksiyasi hamda Xaridlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.Bunday tadbirlarning asosiy maqsadi – xodimlarda odob-axloq masalalariga ongli munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va halollik, ochiqlik hamda mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlashdir. Ishtirokchilarga ushbu tamoyillarga rioya etish hamkorlar ishonchini qozonish va korxonaning barqaror rivojlanishi uchun muhim shart ekani tushuntirilmoqda.Muhokamalar chog‘ida mutaxassislar manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda qanday harakat qilish kerakligini, bunday holatlar haqida rahbariyatni o‘z vaqtida xabardor etish zarurligini ta‘kidlab o‘tishmoqda. Sovg‘a berish va qabul qilish masalalari ham korxonaning ichki qoidalariga qat’iy amal qilingan holda amalga oshirilishi zarurligiga alohida e‘tibor qaratilmoqda.Shuningdek, korporativ firibgarlik xavflari va uning oldini olish choralariga e’tibor qaratilayapti. Har qanday suiiste’molchilik ko‘rinishlari yoki asossiz foyda olishga urinish korxonaning obro‘siga putur yetkazishi va jamoaga zarar keltirishi ta’kidlab o‘tilmoqda.Bunday tadbirlar jamoada ishonch va adolat muhitini mustahkamlashga, korporativ madaniyatni oshirishga hamda yuqori biznes-etikasi standartlariga sodiqlikni shakllantirishga xizmat qiladi.

Onlayn tarzda brifing o‘tkazildi

“O‘zmetkombinat” AJning rasmiy Telegram-kanali orqali Korporativ xavfsizlik va resurslarni himoya qilish departamenti direktori Gayrat Daminov ishtirokida onlayn tarzda brifing o‘tkazildi. Brifingda departamentning joriy yil 9 oyi yakunlari bo‘yicha faoliyati, qonunbuzarliklarning oldini olish va xavfsiz ish muhitini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

“O‘zmetkombinat” AJda korrupsiyaga qarshi siyosat bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirni Komplayens xizmati tashkil qilib, unda korxona bo‘linmalari va filiallari xodimlari ishtirok etishdi.  Ishtirokchilarga manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha qonunchilik talablariga, korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish choralariga, shuningdek, sovg‘alar qabul qilish, vakillik xarajatlari va ishbilarmon uchrashuvlarni tashkil etish qoidalariga oid eslatmalar berildi.Bunday dasturlar jamoada oshkoralik va mas’uliyat madaniyatini shakllantirish, ishonchni mustahkamlash hamda huquqiy xavflarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Shaffof ishlaymiz — vijdonan harakat qilamiz!

“O‘zmetkombinat” AJ faoliyatida ochiqlik, adolat va mas’uliyat tamoyillariga alohida e’tibor qaratiladi. Har bir qaror, har bir yetkazib berish jarayoni belgilangan qoidalar asosida, korporativ etika va qonunchilikka rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Korxona Nazorat o‘tish punktida ishonch telefonlari qo‘yilgan — ular orqali halollikka zid yoki shubhali holatlar haqida xabar berish mumkin. “O‘zmetkombinat” AJ ishonch bilan shaffoflik va vijdoniylik tamoyillariga asosan o‘z ishini  olib boradi. Vijdonan harakat qilamiz — birgalikda rivojlanamiz!

Shaffoflik va ishonch: tizimli yondashuv

"O‘zmetkombinat" AJda korporativ etikani mustahkamlash va korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Ishchi-xodimlarga manfaatlar to‘qnashuvi holatlarida o‘zini qanday tutish qoidalari, sovg‘a berish va qabul qilish tartibi hamda firibgarlikka qarshi kurash choralari tushuntirilmoqda. Ushbu uchrashuvlar ishonchni mustahkamlaydi va korporativ madaniyat rivojiga xizmat qiladi.

“O‘zmetkombinat” AJ xalqaro auditdan muvaffaqiyatli o‘tdi

“O‘zmetkombinat” AJning korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi yana bir bor ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablari asosida tasdiqlandi. Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi uchun ISO 37001:2016 sertifikati qo‘lga kiritilgan edi. 2025-yilda esa ushbu tizim samaradorligi xalqaro tashqi audit tomonidan chuqur o‘rganilib, muvaffaqiyatli natija qayd etildi hamda ijobiy xulosa berildi. Bu — korrupsiyaga murosasiz munosabat, boshqaruvda shaffoflik va halollik tamoyillarini amalda tasdiqlovchi muhim yutuqdir. “O‘zmetkombinat” AJ shaffoflik va adolatga asoslangan korporativ boshqaruvni izchil rivojlantirishni davom ettiradi.

“O‘zmetkombinat” AJ har qanday korrupsiya ko‘rinishlariga qat’iy qarshi chiqadi. Keling, ish joyida shaffoflik va adolatni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik!

Ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

 “O‘zmetkombinat” AJning Elektrda po‘lat eritish hamda Ferroqotishmalar ishlab chiqarish bo‘linmalari xodimlari bilan kombinat boshqaruv raisi - Bosh direktori Bahodir Abdullayev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda korxonada mehnat intizomi va xavfsizlik talablari, jumladan, huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar batafsil muhokama qilindi. Uchrashuvda rais ishlab chiqarish jarayonida tartib-intizomni mustahkamlash, xavfsizlikni kuchaytirish va mavjud muammolarni joyida hal etish bo‘yicha fikr bildirdi.  Muloqotda xodimlarning savollariga batafsil javob berildi. Shuningdek, Korporativ xavfsizlik va resurslarni himoya qilish departamenti tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tizimi, videokuzatuv, profilaktik choralar va xavfsizlik yo‘nalishidagi yangilangan tartiblar yuzasidan ma’lumot taqdim etildi. Uchrashuv jarayonida ishlab chiqarish bo‘linmalari vakillari tomonidan taklif va mulohazalar ham bildirildi.

“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan kombinatda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir jamoatchilikka oshkoralikni ta’minlash, huquqiy madaniyatni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda kombinat rahbariyati, tarkibiy bo‘linmalar boshliqlari hamda huquq-tartibot idoralari vakillari ishtirok etishdi. Ular tomonidan korrupsiyaning oldini olishda ichki ishlar idoralari va sud hokimiyatining o‘rni, ularning o‘zaro hamkorlik mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Adliya bo‘limi mutaxassislari tomonidan qonunchilikda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning ahamiyati va amaliyotdagi o‘rni yuzasidan tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida Din ishlari bo‘yicha mutaxassislar ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, jamiyatda barqaror ma’naviy muhitni ta’minlashga qaratilgan ishlar haqida ham to‘xtalib o‘tdilar. “Ochiq eshiklar kuni” ishtirokchilarga muhim huquqiy ma’lumotlar berish, ochiq muloqot tashkil etish va mavjud muammolarga birgalikda yechim izlash imkonini yaratdi.

Konstitutsiya qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

4-dekabr kuni Metallurglar madaniyat saroyida "8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun"ga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda korxona rahbariyati, mehnat jamoalari va faxriylar ishtirok etdilar. Bayram dasturi davlat madhiyasi sadolari ostida ochilib, Konstitutsiya kunining mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida ta’kidlab o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun mamlakatimizda eng ulug‘ va qutlug‘ sanalardan biri sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishda Asosiy qonunning o‘rni alohida qayd etildi. Tadbir doirasida Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bayram munosabati bilan ishchi-xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan "Eng yaxshi she’r" va "Eng yaxshi maqola" tanlovlarining g‘oliblari ham tantanali ravishda taqdirlandi. Tanlovda korxona xodimlari faol ishtirok etib, o‘z ijodiy qarashlari, Vatanga bo‘lgan muhabbati va Konstitutsiyaga hurmatini qalbdan kelib chiqqan badiiy asarlar orqali namoyon etdilar. G‘oliblarni kombinat Boshqaruvi raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev samimiy tabriklab, ularning faolligi va tashabbuskorligini yuqori baholadi. 
Shuningdek, g‘oliblarga Kasaba uyushmasi qo‘mitasi nomidan diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi, ishtirokchilar bayramona kayfiyatda bir-birini tabriklab, istiqbolda bundan-da keng qamrovli va mazmunli tadbirlar o‘tkazilishiga ishonch bildirdilar.

Metallurglar madaniyat saroyida "8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun"ga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirdan videolavha

Kombinatda ishga qabul qilish hujjat (rezyume) topshirish jarayonlari shaffof yaratilganmi?

Ishchi-xodimlar taklif va e’tirozlari tinglandi

Bugun kombinatimizning Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasida korxona xavfsizligi, resurslarni himoya qilish va ichki tartib-qoidalarga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishchi-xodimlar bilan bevosita muloqot qilish, mavjud muammolarni muhokama etish va ularning amaliy yechimlarini belgilab olish maqsadida tashkil etildi. Dastavval tadbirda mavzuga doir videorolik namoyish etildi. Shundan so‘ng “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi — Bosh direktori Bahodir Abdullayev so‘zga chiqib, korxonada qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Ular qatorida nazorat tizimini raqamlashtirish, ichki tartib-qoidalarni takomillashtirish, mas’uliyatni oshirish, mehnat intizomiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash kabi muhim masalalariga ham to’xtalib o’tildi. Ochiq muloqot jarayonida ishchi-xodimlar tomonidan qator savollar, taklif va fikrlar bildirildi va yig‘ilish yakunida bildirilgan barcha takliflar umumlashtirilib, amaliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi belgilandi.

Sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

"O‘zmetkombinat" AJning Toshkent shahrida joylashgan "Ikkilamchi qora metallar" filialida sayyor qabul o‘tkazildi. Uchrashuv filial rahbari Abdusamad Toshmamatov boshchiligida tashkil etildi. Tadbirda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi hamda Xodimlarni boshqarish departamenti mutaxassislari ishtirok etdi. Qabul jarayonida ishchi-xodimlar boshqa ish joyiga o‘tish, ishga qabul qilish, sog‘lomlashtirish maskanlariga yo‘llanmalar berish, moddiy yordam masalalari kabi qator dolzarb savollar bilan murojaat qildilar. Har bir murojaat ko‘rib chiqilib, ishchi-xodimlarga belgilangan tartibda tegishli tushuntirishlar va huquqiy ma’lumotlar berildi. Qabul yakunida bildirilgan har bir masala bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash va amaliy chora-tadbirlar ko‘rish belgilandi.

Sayyor qabul o’tkazildi

Barqaror rivojlanish departamenti direktori Dilshod Kamolov tomonidan sayyor qabul tashkil etildi. Mazkur sayyor qabul davomida kombinat xodimlari hamda murojaatchilar tomonidan bir qator ijtimoiy va mehnatga oid masalalar ko‘tarildi. Jumladan, moddiy yordam ajratish, boshqa ish joyiga o'tish, mavjud mehnat munosabatlarini o‘zgartirish, shuningdek, “O'zmetkombinat” AJ bilan mehnat shartnomasi tuzish bilan bog'liq murojaatlar tinglandi. Bildirilgan barcha murojaatlar sayyor qabul komissiyasi a'zolari  ishtirokida, amaldagi qonunchilik hujjatlari, ichki me'yoriy hujjatlar hamda belgilangan tartib-qoidalarga qat'iy rioya etilgan holda  ko'rib chiqildi.  Ayrim masalalar bo'yicha murojaatchilarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, qo'shimcha o'rganishni talab etuvchi murojaatlar esa belgilangan tartibda tegishli bo'lim va xizmatlarga ijro uchun yo'naltirildi. Sayyor qabul yakunlari bo‘yicha mas'ul tarkibiy bo'linmalarga aniq topshiriqlar berilib, murojaatlarning o'z vaqtida va sifatli ijro etilishi ustidan qat'iy nazorat o'rnatildi.

 

“O‘zmetkombinat” AJda korrupsiyaga qarshi uchrashuv bo'lib o'tdi

“O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi - Bosh direktori Bahodir Abdullayev rahbarligida Ishlab chiqarishni ta’minlash departamenti jamoasi bilan  uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida kombinat faoliyatini zamonaviy boshqaruv mexanizmlari va yangi strategik yo‘nalishlar asosida tashkil etish masalalari batafsil muhokama qilindi.  Natijada vazifalar aniq belgilandi va ushbu yondashuv qisqa hamda o‘rta muddatda sezilarli natijalarga erishishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Jamoaning mas’uliyati, intizomi va ishga yondashuvi belgilangan maqsadlarning izchil va samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi. Har bir xodim o'z ishiga mas’uliyat bilan yondashishi va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymasligi barqaror rivojlanishning kafolati hisoblanadi.Shu maqsadda korrupsiyaning oldini olish va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan @fidoiy_metallurg_bot ishga tushirildi. Barcha xodimlar va hamkorlarimiz halollikni ta’minlash, qonuniylikni hurmat qilish va korrupsiyaga qarshi faol kurash olib borishga chaqirildi.

 


2026-yil

Korrupsiya holatlari haqida kombinat boshqaruv raisiga xabar bering!

Endilikda korrupsiya holatlari haqida bevosita “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi - Bosh direktor Bahodir Abdullayev hamda Komplaens rahbari Muhammadali Asrorovga murojaat qilishingiz mumkin.

Agar siz:

• mansab vakolatidan shaxsiy manfaat uchun foydalanish;
• korxona mablag‘larini noqonuniy o'zlashtirish;
• pora olish yoki berish;
• manfaatlar to‘qnashuvi va adolatsizlik;
• tanish-bilishchilik va xolis qarorlar buzilishi;
• boshqa har qanday korrupsiya yoki qonunbuzilish holatlari guvohi bo’lsangiz @fidoiy_metallurg_bot orqali murojaat qiling.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashda amalga oshiradigan ustuvor vazifalar belgilab olindi

2025-yil yakunlari va 2026-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ijroiya apparat xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida kombinat Boshqaruvi raisi - Bosh direktor Bahodir Abdullayev tomonidan xodimlarga korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda davlat tashkiloti xodimlariga munosib bo‘lgan halollik prinsipiga sodiq bo‘lishlari yuzasidan murojaat qilinib, Komplayens xizmatining 2026-yilda amalga oshiradigan ustuvor vazifalari belgilab berildi.

Jumladan, kombinatda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish vazifasi qo‘yildi. Bu borada korrupsiya oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra, korrupsiyaviy omillarni barvaqt aniqlash va preventiv mexanizmlarni joriy etish orqali tizimli holatlarning oldini olish ustuvor deb belgilandi.

Kombinat faoliyatida ochiqlik siyosatini izchil davom ettirish va inson omilini kamaytirish choralarini ko‘rish, amaldagi ichki normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish hamda mavjud korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish vazifalari belgilandi. Shuningdek, korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan vazifa va funksiyalarni raqamlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish belgilandi.

2026-yil yakuniga qadar kombinat xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi immunitetni bosqichma-bosqich shakllantirish, “Huquqbuzar xodim” hamda “Korrupsiyaga moyil xodim” reyestrlarini joriy etish nazarda tutildi. Reyestrga kiritilgan xodimlarni maxsus o‘quv kurslarida o‘qitish orqali ularning huquqiy ongi va qarashlarini sog‘lomlashtirish, zarur hollarda esa kolegial tartibda profilaktika qilish choralarini ko‘rish belgilandi.

Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar, jamiyat mablag‘larini o‘zlashtirish va mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlari haqida xabar bergan shaxslarni ta’qib va tazyiqlardan himoya qilish maqsadida kombinat boshqaruv raisining “himoya orderi”ni berish amaliyotini joriy etish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, kombinatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, jamoatchilik eshituvlari o‘tkazish va jamoatchilik fikrini o‘rganish muhimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda davlat xaridlari sohasida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha qat’iy pozitsiyada bo‘lish, barcha xaridlarni “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun va qonunosti hujjatlar talablari asosida amalga oshirish, xarid jarayonlarida manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish vazifalari belgilandi.


"O'zmetkombinat"da firibgarlik holatining oldi olindi, xodimlar rag‘batlantirildi 

“O‘zmetkombinat” AJda kombinat hududiga olib kirilgan metall parchalar orasida firibgarlik yo‘li bilan kiritilgan beton bo'laklari aniqlangani munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida mazkur holat kombinat xodimlarining hushyorligi, tezkorligi hamda yuqori darajadagi mas’uliyati tufayli o‘z vaqtida fosh etilgani qayd etildi. Natijada noqonuniy xatti-harakatlarning oldi olinib, kombinat manfaatlari himoya qilindi.

Tadbir davomida firibgarlik holatini aniqlashda faol ishtirok etgan xodimlar rag‘batlantirildi. Ularga mukofot puli Boshqaruv raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur tadbir kombinatda halollik, qonuniylik, ichki nazorat va mehnat intizomiga qat’iy rioya etish tamoyillari ustuvor ahamiyat kasb etishini yana bir bor tasdiqladi. Rahbariyat tomonidan xodimlarning fidokorona va prinsipial yondashuvi yuqori baholanib, kelgusida ham bunday hushyorlik va mas’uliyat davom etishiga ishonch bildirildi.

 

Kombinatga yetkazilgan zarar kelajagimizga zarardir — Bahodir Abdullayev

Bugun “O‘zmetkombinat” AJ raisi ishtirokida korxona hududida jinoyatchilik va noqonuniy harakatlarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbir yakunida bir qator ishchi-xodimlar pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

 

“O‘zmetkombinat” xarid jarayonlarini qat’iy nazorat ostiga oldi

“O‘zmetkombinat” AJda xarid jarayonlarida korrupsiya holatlarining oldini olish va manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda Boshqaruv raisi — Bosh direktor Bahodir Abdullayev boshchilik qildi va Kombinat mablag‘laridan maqsadli hamda samarali foydalanishni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbati davomida xarid jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. 
Shuningdek, amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish hamda mas’ul xodimlarning shaxsiy javobgarligini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi. Har qanday huquqbuzarlik holatlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhim ekani alohida aytib o‘tildi. Ta’kidlanganidek, har bir xarid jarayoni ochiq, adolatli va qonuniy asosda amalga oshirilishi zarur. Kombinat mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish korxona barqarorligi hamda raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.

 

Korrupsiya holatlari haqida xabar bering!

Korrupsiya va boshqa qonunbuzilish holatlari haqida murojaat qilish uchun maxsus telegram bot faoliyat yuritmoqda.

Agar siz:
• mansab vakolatidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish;
• korxona mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish;
• pora olish yoki berish;
• manfaatlar to‘qnashuvi va adolatsizlik;
• tanish-bilishchilik yoki xolis qaror qabul qilish tamoyillarining buzilishi;
• boshqa har qanday korrupsiya yoki qonunbuzilish holatlari guvohi bo‘lsangiz,

@fidoiy_metallurg_bot orqali xabar qoldiring.

Har bir murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Sizning befarq bo‘lmasligingiz korxonada qonun ustuvorligi va halollik muhitini mustahkamlaydi.

 

Pora berish yoki olish holatlari haqida xabar bering!

Pora berish yoki olish holatlariga duch kelsangiz, bu haqida xabar berishingizni so‘raymiz. Sizning murojaatingiz korrupsiyaning oldini olish hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:
Call-markaz – 1520, 1161 yoki 1253

“O‘zmetkombinat” AJda korrupsiya haqida xabar berish uchun aloqa kanallari:

Telegram: t.me/UMK_ANTICOR_BOT, @FIDOIY_METALLURG_BOT
Ishonch telefoni: (+998 71) 514-19-17, (+998 90) 998-67-20, ichki raqam: 17-07
Elektron pochta: compliance@uzbeksteel.uz

 

Infografika

2026-yil I chorak yakunlari
“O‘zmetkombinat” AJda murojaatlar tahlili

 

“O‘ZMETKOMBINAT”DA MUROJAATCHILAR UCHUN NAVBATDAGI SAYYOR QABUL TASHKIL ETILDI

“O‘zmetkombinat” AJda jismoniy va yuridik shaxslar hamda korxona xodimlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Boshqaruv raisi Bahodir Abdullayev tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul jarayonida kombinat xodimlari va boshqa murojaatchilar tomonidan ijtimoiy hamda mehnat munosabatlariga oid qator masalalar ko‘tarildi. Jumladan, moddiy yordam ajratish, boshqa ish joyiga o‘tkazish, amaldagi mehnat munosabatlariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, “O‘zmetkombinat” AJ bilan tijorat takliflari va shartnomalar tuzish bilan bog‘liq murojaatlar boshqaruv raisi tomonidan atroflicha tinglandi.

Bildirilgan barcha murojaatlar sayyor qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida amaldagi qonunchilik talablari, ichki me’yoriy hujjatlar hamda belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq ravishda ko‘rib chiqildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan murojaatchilarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etuvchi masalalar esa belgilangan tartibda tegishli tarkibiy bo‘linmalar va mas’ul xizmatlarga ijro uchun yo‘naltirildi.

Sayyor qabul yakunlariga ko‘ra, mas’ul bo‘linmalarga aniq topshiriqlar berilib, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi. Mazkur sayyor qabul ham avvalgilari kabi yuqori tashkiliy darajada tashkil etilib, barcha murojaatlar tizimli va manzilli tarzda ko‘rib chiqildi.

 

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik

Korrupsiya — jamiyat taraqqiyoti, qonuniylik va adolat tamoyillariga jiddiy putur yetkazuvchi salbiy illatdir.
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Shu munosabat bilan har bir fuqaroning faol fuqarolik pozitsiyasi va daxldorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Agar korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz yoki ular haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, befarq bo‘lmang.
Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasining 71-501-07-32 raqamli “Ishonch telefoni” yoki @Toshvilprok_antikorbot Telegram-boti orqali murojaat qilishingiz mumkin
Barcha murojaatlar belgilangan tartibda tezkorlik bilan ko‘rib chiqiladi hamda murojaat etuvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

 

5.00

(32 ovoz)