AZIZ BOLAJONLAR UCHUN YANGI YIL ARCHASI BAYRAM TOMOSHALARI BO‘LIB O‘TADI
Metallurglar madaniyat saroyida 2024-yil 2-yanvardan 7-yanvarga qadar kombinat ishchi-xodimlari farzandlari uchun "Yangi yil archasi" bayram tomoshalari bo‘lib o‘tadi.
Bayram tomoshasida bolajonlar uchun madaniyat saroyi ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlagan "Aloviddinning Yangi yil sarguzashtlari" nomli spektakl namoyish etiladi.
Tomoshalar boshlanish vaqtlari: soat 11:00, 14:00 va 16:00.