Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Gender tenglik

GENDER AUDITI O‘TKAZILDI

24.09.2024 26.09.2024 184

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda gender tengligini rivojlantirish borasida muayyan yutuqlarga erishildi. Xalqaro standartlarga javob beradigan gender siyosatini amalga oshirish uchun huquqiy baza yaratildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining "Ayollar va erkaklar uchun teng huquqlari va imkoniyatlarning kafolatlari to‘g‘risida" va "Ayollarni zulm va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida" gi Qonunlari hamda 2030-yilgacha gender tengligiga erishish bo‘yicha milliy strategiya qabul qilindi.

 

Gender siyosatini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan yangiliklardan biri gender qonunchiligiga gender auditi to‘g‘risidagi qoidalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘ldi. Shunday qilib, barcha davlat tashkilotlarida gender yondashuvining holatini o‘rganish va kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish mexanizmi jamoatchilik nazorati sifatida joriy etildi.

 

18-sentyabr kuni Gender auditi "O‘zmetkombinat" AJda ham bo‘lib o‘tdi. Unda gender auditi ishchi guruhi rahbari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mehnat inspeksiyasi inspektori Muqaddas Muyitdinova, energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmalari respublika kengashi xotin-qizlar masalalari qo‘mitasi raisi maslahatchisi Yulduzxon Adilova tashrif buyurdi.

 

 

5.00

(1 ovoz)