Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Ishlab chiqarish / Investitsion loyihalar

“Quyuv-prokat majmuasini qurish” investisiya loyihasini amalga oshirilishi yuzasidan ma'lumot (2024 yil 26 noyabr holatiga)

03.12.2024 03.12.2024 35

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2022–2026 yillarga moʻljallangan investisiya dasturini tasdiqlash hamda investisiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida” 2021 yil 30 dekabrdagi PQ–72-son qaroriga asosan “Oʻzmetkombinat” AJ tomonidan “Quyuv-prokatlash majmuasini qurish” investisiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda – Loyiha) amalga oshirilmoqda.

Loyihada amalga oshirilayotgan ishlar:

Mazkur loyihani amalga oshirish doirasida texnologik uskunalarni yetkazib berish uchun “Danieli” (Italiya) kompaniyalar guruhi bilan jami qiymati 359,3 mln yevrolik va qurilish ishlari uchun “Ronesans Avrasya” (Turkiya) kompaniyasi bilan 170,0 mln yevrolik shartnomalar imzolangan.

1. “Ronesans Avrasya” kompaniyasi tomonidan bugungi kunga qadar umumiy bajarilgan ishlar xajmi 91,5% tashkil etdi.

Mazkur loyihani amalga oshirish doirasida bosh pudratchi “Ronesans Avrasya” kompaniyasi tomonidan qurilish-montaj ishlariga 1 513 nafar ishchi-xodim jalb etilgan boʻlib, 281 nafari muhandis-texnik xodimlar hamda 98 ta texnikalar jalb qilingan.

Shu bilan birga, qurilish maydonida “Ronesans Avrasya” kompaniyasi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

- texnologiya poydevorlarini oʻrnatish;

- poʻlat konstruksiyalarini montaj qilish;

- birlamchi zang tindirish hovuzida temir-beton ishlari;

- ishchi hujjatlarni ishlab chiqish.

 

2. “Danieli” (Italiya) kompaniyalar guruhi boʻyicha

Kombinat tomonidan jami 318,89 mln yevro miqdorida toʻlov amalga oshirildi. Shundan, qiymati 298,8 mln yevro yoki 94,9% texnologik uskunalar kombinatga keltirildi.

Qiymati 20,6 mln yevro boʻlgan asosiy texnologiya uskunalari uchun injiniring 100% ishlab chiqildi. Jami 2,58 mln yevro yordamchi uskunalar va ehtiyot qismlar injiniring loyihasining 100% ishlab chiqildi.

 “Danieli” (Italiya) kompaniyalar guruhi montaj jamoasi bosqichma – bosqich qurilish maydonchasiga safarbarlik jarayoni davom etmoqda va kerakli texnikalarning aksariyat qismi qurilish maydonchasiga keltirildi.

Hozirgi kunga qadar qurilish maydonchasida 46,3 mln yevro yoki 76,5% (jami 60,5 mln yevro) miqdorida montaj ishlari va maslahat ishlari amalga oshirildi.

3. “Oʻzmetkombinat” AJ tomonidan bajarilayotgan ishlar boʻyicha

Qurilish-montaj boʻlinmasi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- obyekt qurilishi uchun 18,5 gektar yer maydonini ajratish boʻyicha tegishli qarorlar rasmiylashtirildi;

- 893 m3 dan oshiq hajmda temirbeton konstruksiyalari oʻrnatildi;

- qurilish maydonlaridagi 8 ta mavjud yordamchi tsex, bino va inshootlar toʻliq demontaj qilindi;

- kombinat ichki logistika samaradorligini oshirish va yuk avtomobillarining uzluksiz oqimini ta'minlash maqsadida “Dalvarzin” kanali orqali yangi koʻprik hamda 6-son yangi nazorat-oʻtkazish punkti qurildi;

- qurilish maydonlarida muxandislik-geologiya ishlari toʻliq nihoyasiga etkazildi;

- 3-son temir parchalarini tayyorlash estakadaning toʻliq demontaji yakunlandi, jumladan, barcha ustunlar, plitalar, kranosti ustunlar va galereyalar (oʻtish joylari) toʻliq demontaj qilindi;

- ma'muriy korpus boʻyicha umumiy qurilish ishlari 100 foizi bajarildi;

- maishiy korpus boʻyicha umumiy qurilish ishlari 70 foizi bajarilgan boʻlib, hozirgacha bino qad rostlab tom qismi yopilgan, yakunlash ishlari loyihaning soʻnggi bosqichlarida rejalashtirilgan;

- oshxona qurilishi boʻyicha ishlar toʻliq yakunlanib, pudratchiga vaqtincha foydalanish uchun topshirilgan;

- 814 metrli yangi temir yoʻl toʻliq qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilgan;

- markazlashgan ombor boʻyicha qurilish-montaj ishlari 100 foizi bajarilgan boʻlib, koʻprikli kranlar etkazib berilgan va tashqi kommunikasiya tortilishi ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni vaqtda ushbu binodan “Danieli” kompaniyalar guruhi tomonidan etkazib berilgan uskunalarni saqlash ombori sifatida foydalanilmoqda;

- Bekobod shahri ostonasidan kombinat hududiga eltuvchi, uzunligi
1,2 km boʻlgan yangi avtomobil yoʻli qurilishi toʻliq yakuniga etkazilib, foydalanishga topshirildi.

Tender natijasiga koʻra, Xitoyning AVIC kompaniyasi 12,7 mln yevro
taklif bilan texnik va tijoriy tomonlama gʻolib deb topilib yuqoridagi summaga shartnoma imzolandi va 2,5 mln yevro miqdorida avans mablagʻi va 8,8 mln yevro etkazib berilgan uskunalar uchun pul oʻtkazildi. 12,4 mln yevrolik yoki 97,8 % (jami 12,7 mln
yevro) uskunalar keltirildi va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazildi. Bazaviy loyiha 100%ga bajarildi va uskunalarni etkazib berish davom etmoqda.

 

5.00

(1 ovoz)