XALQARO “QURILISH – UZBUILD 2025” KO‘RGAZMASI BO‘LIB O‘TDI
“O‘zekspomarkaz” MKK hamda “CAEx Uzbekistan” maydonlarida davom etayotgan "Qurilish - UzBuild 2025" xalqaro ko‘rgazmasida mutaxassislar, ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy uskunalar, texnologiyalar va materiallar sohasidagi so‘nggi yutuqlarini namoyish etish, ular bilan tanishish va ishtirokchilar o‘rtasida qulay tajriba almashish maydonini yaratiladi hamda ishtirokchilar uchun o‘z mahsulotlari va texnologiyalarini ilgari surish uchun samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur ko‘rgazmada 20 dan ortiq mamlakatlardan 400 ga yaqin kompaniya va brendlar ishtirok etmoqda. Bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada “O‘zmetkombinat” AJ ham o‘z mahsulotlari bilan munosib ishtirok etdi.