Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / E`lonlar

E'LON!

20.03.2025 20.03.2025 58

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  rahbarligida  2024-yil  20-iyun  kuni kengaytirilgan  tarzda  oʻtkazilgan  videoselektor  yigʻilishining  32-sonli  bayoni  36-bandida 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab, har yili muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha “Eng  yaxshi  g‘oya”,  “Eng  yaxshi  loyiha”  va  “Eng  yaxshi  ixtiro”  respublika  ko‘rik tanlovlarini o‘tkazish vazifasi belgilab berilgan.
Mazkur  tanlovni  yuqori  saviyada  tashkil  etish  maqsadida  Vazirlar  Mahkamasi majlisining  2025-yil  28-fevraldagi  10-son  bayonining  2-ilovasi  bilan  “2024/2025  oʻquv yilida  muhandislik  yoʻnalishlari  boʻyicha  respublika  koʻrik  tanlovlarini  oʻtkazish  va gʻoliblarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlandi. 

Tanlovga joriy yilning 16-mart kunidan boshlab e’lon berilgan bo‘lib, joriy yilning 31-mart  kuniga  qadar  arizalarni  qabul  qilish  (muhandis.edu.uz  platformasi  orqali) rejalashtirilmoqda. 

Ma’lumot  uchun:  Tanlov  “Eng  yaxshi  g‘oya”,  “Eng  yaxshi  loyiha”  va  “Eng  yaxshi ixtiro”  yo‘nalishlar  bo‘yicha  alohida  3 ta  kategoriya - 40 yoshdan  oshmagan  professor- o‘qituvchilar, talabalar hamda amaliyotchi muhandislar o‘rtasida o‘tkaziladi. 

Tanlovda:
1-o‘rin  qo‘lga  kiritgan  9 nafar  g‘oliblar  elektromobil; 
2-o‘rin  g‘oliblari xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi; 
3-o‘rin  g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. 

Tanlov joriy yilning aprel-iyun oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi.

 

0

(0 ovoz)