E’LON
Siz quvnoq, zukko va intiluvchanmisiz? O‘z davrangizda latifalar aytishda va hazil qilishda birinchilardanmisiz? O‘z aktyorlik qobiliyatingizni namoyish qilmoqchimisiz? Bor mahoratingizni ko‘rsatish vaqti keldi.
Marhamat o‘z bo'linmangiz faol yoshlari bilan "QVZ" jamoasini tuzing hamda kombinat rahbariyati va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida tashkil etiladigan "Quvnoqlar va zukkolar" tanlovida ishtirok eting.
Maqsad:
Ishchi-xodimlar o‘rtasida ijodiy muhit yaratish
Jamoaviylikni mustahkamlash
Madaniy hordiqni ta’minlash
1-, 2-, 3- o'rinni olgan g‘olib jamoalar: Pul mukofotlari bilan taqdirlanadi!
Ishtirok etmoqchimisiz?
2025-yil 23-aprelgacha jamoa bilan bo‘linmangiz Kasaba uyushmasi raisiga murojaat qiling!