+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

“O‘ZMETKOMBINAT” AJ AKSIYADORLARINING NAVBATDAN TASHQARI UMUMIY YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

“O‘ZMETKOMBINAT” AJ AKSIYADORLARINING NAVBATDAN TASHQARI UMUMIY YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
1 / 4

2025-yil 22-aprel kuni Metallurglar madaniyat saroyida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga Zoom platformasi orqali kombinat Kuzatuv kengashi a’zosi - Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat aktivlarini xususiylashtirish va transformatsiya qilish departamenti direktori Jamshid Abdushukurov raislik qildi. 

Kun tartibida ikkita masala ko‘rildi. Birinchi masala, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamenti va sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash yuzasidan Korporativ munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Abduraxmanova ma’lumot berib o‘tdi. 

Kun tartibidagi ikkinchi masala “O‘zmetkombinat” AJ tarkibiy bo‘linmalari negizida ajratib chiqarish yo‘li bilan qayta tashkil etish orqali shu’ba xo‘jalik jamiyatlarini tashkil etish, ajratib chiqarish tartibi va shartlarini belgilash hamda taqsimlash balanslarini tasdiqlash haqida kombinat bosh buxgalteri Bahodirjon Eshanxujayev ma’lumot berdi. 

Yig‘ilish davomida aksiyadorlarning savollariga batafsil javoblar berildi. Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

5.002 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish