+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

MUNOSIB HISSALARI BOR

MUNOSIB HISSALARI BOR
1 / 3

Kombinatimizda olib borilayotgan qurilish-montaj va ta’mirlash ishlarida Qurilish-montaj bo‘linmasi o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. 

Ayni kunlarda quruvchilar Quyuv-prokatlash majmuasi va unga yondosh tarkibiy bo‘linmalar hududlarida asfalt yotqizish, beton quyish ishlarini olib borishmoqda. Ular yangi majmuada metall konstruksiya o‘rnatish va boshqa ishlarda ham faol qatnashdilar.

Bo‘linmada o‘z vazifasini sidqidildan bajarib kelayotganlar yetarlicha topiladi. Jumladan brigada boshlig‘i Shokirjon Fayzullayev, beton quyuvchilar Ilhom Saurov, Shuhrat Eshmatov, g‘isht teruvchi Murod Kenjayev, No‘mon Latipov kabilar mehnatda hamkasblariga o‘rnak bo‘lishmoqda.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish