+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

"OCHIQ MULOQOT" SHAKLIDA ONLAYN VIDEO-SUHBAT BO‘LIB O‘TDI

"OCHIQ MULOQOT" SHAKLIDA ONLAYN VIDEO-SUHBAT BO‘LIB O‘TDI

Bugun, 30-may kuni "O‘zmetkombinat" AJ rasmiy Telegram kanalida "ochiq muloqot" shaklida onlayn video-suhbat bo‘lib o‘tdi. 

Metallurglar, shuningdek shahar aholisi "O‘zmetkombinat" AJda ichki savdo qanday tashkil etilganligi, 2025-yilda marketing o‘z oldiga qanday maqsadlar qo‘yganligi, bugungi kunda mutaxassislar bozorda qanday qiyinchiliklarga duch kelayotganligi va qanday imkoniyatlarga egaligi bilan bog‘liq savollarini to‘g‘ridan to‘g‘ri kombinatning mas’ul rahbarlariga berishdi. 
Ishtirokchilarning savollariga kombinatning Marketing va mahsulotlarni sotish departamenti direktori Aleksandr Kibenko va ichki savdo bo‘limi boshlig‘i Sohib Qayumov javob berdilar. 

Muloqot samarali tarzda otib, ishtirokchilarga ularni qiziqtirgan savollari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish