MAKTAB O‘QUVCHILARINING YOZGI TA’TILIDA
Mamlakatimizda o‘quv yili yakunlanishi bilan yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari o‘z faoliyatini boshlaydi.
“O‘zmetkombinat” AJ ishchi-xodimlarining farzandlari bu yil ham Sirdaryo bo‘yida joylashgan “Sohil” bolalar oromgohida mazmunli va maroqli dam olishlari tashkil etiladi.
“Sohil”da bolalar uchun turli madaniy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, sport musobaqalari, milliy o‘yinlar, viktorinalar tashkil etiladi. Butun mavsum mobaynida bolalarhar kuni badantarbiya mashqlari qilib, sun’iy hovuzda cho‘milib, sport bilan shug‘ullanadilar.
Sog‘lomlashtirish oromgohida yaqin kunlarda boshlanadigan bu yilgi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Arxiv suratlaridan.