+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

PROFILAKTIKA VA TARG‘IBOT – XAVFSIZLIK ASOSI

PROFILAKTIKA VA TARG‘IBOT – XAVFSIZLIK ASOSI
1 / 3

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimiz bo‘ylab “Dolzarb 30 kun” deb nomlangan maxsus yong‘in xavfsizligi oyligi tashkil etildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi – aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi madaniyatini yuksaltirish, profilaktika ishlarini kuchaytirish va turli ijtimoiy qatlam vakillarini ogohlikka chaqirishdan iborat. 
Oylik doirasida kombinatning OYOXTTEB hamda Favqulodda vaziyatlar va radiatsiya xavfsizligi bo‘limlari mutaxassislari Bekobod rangli Metallar ishlab chiqarish korxonasi MCHJ, Bekobod kislorod ishlab chiqarish korxonasi MCHJ va Elektr uskunalarini ta’mirlash bo‘linmasi ishchi-xodimlari o‘rtasida targ‘ibot ishlarini tashkil etishdi. 
Mutaxassislar tushuntirish ishlari davomida aholining yong‘in xavfsizligi sohasidagi bilimini oshirishga, ayniqsa, bolalar, qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga alohida e’tibor qaratish kerakligi haqida to‘xtalib o‘tdilar. Qolaversa, elektr va gaz uskunalaridan xavfsiz foydalanish, uy sharoitida oddiy xavfsizlik qoidalariga amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi. Favqulodda vaziyatlar xizmati vakillari ta’kidlashicha, fuqarolarning o‘zaro mas’uliyatli munosabati, qonun va qoidaga amal qilishi har qanday tahdidning oldini olishda muhim omil hisoblanadi. 

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish