QURBON HAYITI TABRIGI
Aziz metallurglar!
Mehr-muruvvat, ezgulik va saxovat ramzi – muborak Qurbon hayiti bilan tabriklaymiz!
Yurtimizdagi har bir mahalla, shaharda, shu jumladan korxonalarda ham tinchlik va obodlik, jamiyatimizdagi o‘zaro hurmat, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda Qurbon hayiti singari azaliy bayram va qadriyatlarimizning o‘rni va ta’siri tobora ortib bormoqda.
Biz tabarruk dinimiz va o‘lmas qadriyatlarimiz, sabru qanoat va shukronalik singari ulug‘ fazilatlarni mustahkamlab kelayotgan muborak Qurbon hayitining barhayot an’analari asrlar osha insonlarni, turli xalqlar va elatlarni birlashtiruvchi beqiyos ma’naviy kuch bo‘lib xizmat qilayotganidan faxrlanamiz.
Fursatdan foydalanib, o‘zining fidokorona mehnati bilan kombinatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotganlarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Qadrli hamkasblar!
Siz, azizlarni muqaddas Qurbon hayiti bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz.
Ulug‘ ayyom barchamizga muborak bo‘lsin!
Dilshod Axmedov, “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi – Bosh direktor.