“DOLZARB 30 KUN” TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Respublikamizda Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbirlari davom etmoqda. “O‘zmetkombinat” AJda ham oylik doirasida profilaktik reydlar, o‘quv tadbirlari, ob’ektlarning yong‘inga qarshi holatini tekshirish va ishchi-xodimlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan birida Navli prokatlash bo‘linmasi, Nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika boshqarmasi, Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari laboratoriyasi ishchi-xodimlari bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Bu amaliy mashg‘ulotlarda ishchi-xodimlarga yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlarning oldini olish, maxsus o‘t o‘chirish moslamalaridan foydalanish kabilar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.