+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

AMALIY MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZILDI

AMALIY MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZILDI
1 / 3

Mamlakatimizda "Dolzarb 30 kun" deb nomlangan maxsus yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida kombinatimizda OYOXTTEB hamda Favqulodda vaziyatlar va radiatsiya xavfsizligi bo‘limlari tomonidan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.  
Bu tadbirlarda bino va inshootlarning yong‘inga qarshi holati tekshirilmoqda, ishchi-xodimlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, profilaktik reydlar, o‘quv tadbirlari, amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda. 
Ana shunday tadbirlardan birida Zoldir prokatlash va Quyuv-mexanika bo‘linmalarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. 
Bu amaliy mashg‘ulotda yong‘in hamda ularning oldini olish, maxsus o‘t o‘chirish moslamalaridan foydalanish kabilar bo‘yicha ishchi-xodimlarga tushunchalar berildi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish