"DOLZARB 30 KUN"
Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" oyligi doirasida kombinatda qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Ijroiya apparati ma’muriy binosi hovlisida bo‘lib o‘tdi. Amaliy mashg‘ulotlar ko‘rinishida o‘tgan bu tadbirda kombinat Obyektlarini yong‘in xavfsizligi ta’minlashni tashkil etish bo‘limi hamda Favqulodda vaziyatlar va radiatsiya xavfsizligi bo‘limi tomonidan tashkil etildi.
Amaliy mashg‘ulotda mutaxassislar tomonidan yong‘inning kelib chiqish sabablari, uning oldini olish, xavfsizlik qoidalari bo‘yicha yig‘ilganlarga batafsil tushunchalar berildi.