DAVRA SUHBATLARI BO‘LIB O‘TDI
“O‘zmetkombinat” AJ xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida 2025-yil 2-chorak davrida Komplaens xizmati xodimlarining rejalashtirilgan tadbirlar ish rejasiga asosan bir qancha davra suhbatlari o‘tkazildi.
Jumladan, Ikkilamchiqorametallar departamenti Farg‘ona, Namangan, Andijon, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax IQM filiallari xodimlarini huquqiy ongini oshirish maqsadida, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadni legallashtirish, poraxo‘rlik illati mavzularida davra suhbatlari tashkillashtirildi.