+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

"OCHIQ MULOQOT" SHAKLIDA ONLAYN VIDEO-SUHBAT BO‘LIB O‘TDI

"OCHIQ MULOQOT" SHAKLIDA ONLAYN VIDEO-SUHBAT BO‘LIB O‘TDI

 Bugun, 30-iyun kuni "O‘zmetkombinat" AJ rasmiy Telegram kanalida "ochiq muloqot" shaklida onlayn video-suhbat bo‘lib o‘tdi.
Metallurglar, shuningdek shahar aholisi "O‘zmetkombinat" AJning "Ikkilamchiqorametallar" departamenti faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Jumladan, departamentning nechta filiali borligi va ular qayerda joylashganligi, ular oldida qanday vazifalar turganligi to‘g‘risidagi savollar o‘rtaga tashlandi. Shuningdek muloqot davomida departament xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha, yosh mutaxassislar bilan ishlash qanday yo‘lga qo‘yilganligi kabi mavzularda savollar berildi. 

Ishtirokchilarning savollariga “Ikkilamchiqorametallar” departamentining Tayyorlash bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Sherzod Xo‘janazarov, “Ikkilamchiqorametallar” departamenti yetakchi muhandisi O‘tkir Tursunov, “O‘zmetkombinat” AJ Ijroiya apparati Kasaba qo‘mitasi raisi Yusufjon Gaibnazorov javob berdilar. Muloqot samarali tarzda o'tib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga  batafsil javoblar berildi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish