UCHINCHI MAVSUMGA START BERILDI
Yozning issiq kunlari davom etayotgan bir paytda, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlaridagi faoliyat ham qizg‘in tus olgan. Mamlakatimiz bo‘ylab barcha oromgohlar kabi, “Sohil” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi ham o‘zining uchinchi mavsumiga to‘liq tayyorgarlik ko‘rdi.
Mavsum 2025-yilning 8-iyul kunidan boshlab start oldi.
Oromgohda bu mavsumda ham bolalarning jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Turli ma’rifiy tadbirlar, ijodiy va sport musobaqalari, psixologik treninglar, ekologiya darslari hamda sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan uchrashuvlar tashkil etiladi.
Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida har bir otryadda mas’ul tarbiyachilar, yetakchilar faoliyat yuritadi. Shuningdek, oromgoh doimiy ravishda shifokor va tibbiyot xodimlar bilan ta’minlangan. Taomlar esa sanitariya me’yorlariga to‘liq javob beradigan holda, bolalarning yoshi va salomatligiga mos holda tayyorlanadi.
“Sohil” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi uchinchi mavsumining yoz faslini doimgidek mazmunli, fayzli va foydali o‘tkazishni maqsad qilgan. Bu esa bolalarning jismonan sog‘lom, ruhan barkamol bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.
“Sohil” — farzandingiz uchun sog‘lom va mazmunli yozgi dam olish kafolati