+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

BUYURTMALAR O‘Z VAQTIDA TAYYORLAB BERILMOQDA

BUYURTMALAR O‘Z VAQTIDA TAYYORLAB BERILMOQDA
1 / 3

Ta’mirlash-mexanika bo‘linmasi har qanday ishlab chiqarish korxonasining muhim bo‘linmalaridan biri hisoblanadi. Uning samarali faoliyati, ishlab chiqarish xavfsizligi va umumiy samaradorlikka bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, ushbu bo‘linmaning malakasi yuqori mutaxassislar bilan to‘ldirilishi va doimiy ravishda rivojlanib borishi muhimdir.
Kombinatimizning Ta’mirlash-mexanika bo‘linmasida mehnat qilayotgan soha xodimlari xam tajribalariga tayangan xolda oldlariga qo‘yilgan vazifalarni sidqidildan bajarib kelishmoqda. Malakali tokarlardan Qudrat Dadamuhammedov, Rustam Abduhamidov singari o‘z kasbining ustalari boshqalarga ibrat bo‘lib mahsulot tayyorlashmoqda.
Ishlab chiqarish ko‘rsatgichlariga e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak jamoa deyarli kombinatimizning ko‘plab bo‘linmalariga buyurtma asosida turli xildagi ehtiyot qismlarni tayyorlab berishmoqda. 

Eskirgan mexanizmlar va uskunalarni zamonaviy texnologiyalar asosida yangilash hamda ularni ishlab chiqarish talablariga mos holga keltirish ham bo‘linma vazifalariga kiradi.
Qolaversa, ehtiyot qismlarni ishonchli holatda saqlash orqali korxona ishlab chiqarish jarayonida uzilishlarsiz, barqaror ishlashga erishiladi. Bu esa mahsulot sifatini oshirib, iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish