SAMARADORLIKKA ERISHILMOQDA
Bekobod rangli metallar ishlab chiqarish korxonasi MCHJ jamoasi mahsulotlarni tayyorlab berishda samaradorlikka erishish uchun harakat qilishmoqda. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, bu korxonada tayyorlanayotgan mahsulotlar respublikamizda elektrotexnika sanoatining mis mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondiradi.
Bundan tashqari mahsulotlarni eksport qilish ham munosib uddalanmoqda. O‘tgan iyun oyini sarhisob qiladigan bo‘lsak, ular mis va mis qotishmalaridan tayyorlanadigan folga, lenta va tasmalar ishlab chiqarishdi. Buyurtmachilarga keladigan bo‘lsak, Ichki hamkorlar: SP "Avtotraktorradiator",“Electric sales” MCHJ, "Standart elektro texnika" MCHJ, “Amistron grant mix” x/k, “Turon sanoat mezon” MCHJ kabi korxona va firmalariga yuklab berildi.