+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

SANOATDA AYOLLARNING ROLI

SANOATDA AYOLLARNING ROLI

Har bir jamiyatda, ayollar va erkaklar teng huquqlarga ega bo‘lishi kerakligini ta’kidlash hamisha muhimdir. Ushbu masala sanoat sohasida ham juda ahamiyatli. Davrlar o‘tishi bilan ayollar sanoatdagi ijtimoiy va iqtisodiy rolini sezilarli darajada o‘zgartirishdi. Avvallari sanoatni ko‘pincha erkaklar bilan bog‘lashgan bo‘lsa, hozirda ayollar ham turli sohalarda faol. 
Mahsulot sifati va standartlariga rioya etilishi nazorati xizmati nazoratchisi Dilnoz Normurodova ham kombinatimizda sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilishida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Qahramonimiz kombinatimizning Navli prokat bo‘linmasida nazoratchi u prokat mahsulotlarini sifatli chiqishida hamkasblari bilan mehnat qilib kelmoqda. 

Albatta, har qanday kasbda yetuk mutaxassis bo‘lish uchun nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmaga ham ega bo‘lish talab etiladi. Bu esa, birinchi navbatda, ustozlik an’anasi orqali amalga oshadi. D. Normurodova ham ustozi G‘ulom Abduvaliyevdan olgan kasb sirlarini o‘rganib hozirda malakali ishchilardan biriga aylangan.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish