TAJRIBALI KADRLAR: SAMARALI ISHNING ASOSI
Bekobod Kislorod ishlab chiqarish korxonasi MCHJning asosiy vazifasi — ishlab chiqarish jarayonlari uchun zarur bo‘lgan kislorodni ishlab chiqarish va tarqatishdir. Bu yerdagi kompressorlar yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan bo‘lib, ularning ishonchliligi va samaradorligi kutilgan natijasini berib kelmoqda. Bu, o‘z navbatida, kombinatning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Har bir korxona, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish sohasidan qat’iy nazar, o‘zining muvaffaqiyatini ta’minlashda asosiy omil sifatida tajribali ishchilarni hisobga oladi. Tajribali mutaxassislar nafaqat o‘z sohasidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi, balki ish jarayonida to‘plagan tajriba orqali murakkab muammolarni tez va samarali hal qilish qobiliyatiga ega.
Bekobod Kislorod ishlab chiqarish korxonasida ham o‘z bilimiga ega bo‘lgan soha xodimlari ko‘plab topiladi. Ularning munosib mehnatlari evaziga ishlar o‘z vaqtida bajarilmoqda. Masalan, texnologlardan Shuhrat Usmonov, Akmal Yuldashev chilangarlardan Erkin Abduxoliqov, Shukrullo Xoliqnazarov kabi ishchi-xodimlarni bunga misol qilib olishimiz mumkin.
Ular o‘z bilimlari va ko‘nikmalari bilan ishlab chiqarish jarayonini barqarorlashtirishda, muammolarni tezkor hal etishda boshqalarga ibrat ko‘rsatib kelmoqda.