+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

HAMJIHAT JAMOA — YUKSAK NATIJALAR GAROVI

HAMJIHAT JAMOA — YUKSAK NATIJALAR GAROVI
1 / 3

O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotida temir yo‘l transporti muhim rol o‘ynaydi. Mamlakatning turli hududlarini bog‘lovchi asosiy yo‘llar sifatida temir yo‘l tarmog‘i ishonchli va samarali bo‘lishi shart. “O‘zmetkombant” AJning temir yo‘l xizmati esa ushbu vazifani amalga oshirishda katta hissa qo‘shmoqda.

Shu bilan bir qatorda bu yerda kombinatning asosiy xom ashyosi hisoblangan temir parchalarini olib kirish, tayyor mahsulotlarni buyurtmachilarga yuklab berish, temir yo‘llar, vagonlar, teplovozlar va ularning qismlarini ta’mirlash xizmati bilan shug‘ullanadi. 

Albatta, har qanday korxonaning rivojlanishida samarali ishlovchi jamoa hal qiluvchi ahamiyatga ega. Sababi jamoaning bir maqsad sari harakat qilishi, o‘z burchini sidqidildan ado etishi – topshiriqlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarishga olib keladi.

Teplovozlarni ta’mirlash bo‘yicha chilangarlardan Murod Saxayev, Bekzod Turdiboyev, Hamdam Do‘stmurodov, Ma’ruf Ikromovlar temir yo‘l transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ish holatida saqlashda bor bilim va ko‘nikmalarini ayamagan holda sidqidildan mehnat qilib kelishmoqda.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish