+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

AYOLLARIMIZ HAR ISHDA FAOL

AYOLLARIMIZ HAR ISHDA FAOL

Bugungi kunda jamiyatimizda ayollarning faolligi tobora ortib bormoqda. Ular nafaqat oilada, balki jamiyatning turli sohalarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Mehnatkash ayol – bu so‘z nafaqat tirishqoqlik, mas’uliyat va sadoqat timsolidir, balki butun jamiyatning rivojiga qo‘shilayotgan beqiyos hissadir. Bekobod Emal MCHJda ko‘p yillardan beri mehnat qilib kelayotgan Mavluda Jo‘rayeva sirlangan po‘lat idishlarning sifatli chiqishida bor tajribasini ishga solgan holda mehnat qilib kelmoqda. 

Bu yerda ustoz-shogird an’anasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yoshlar tajribali ishchi-xodimlardan kasb sirlarini o‘rganishmoqda. Ustoz-shogird an’anasi – bu ma’naviy qadriyat, ma’rifatli jamiyat poydevori. Unga suyangan xalq hech qachon yo‘ldan adashmaydi. Chunki ustozning so‘zi – nur, shogirdning amal qilishi – shu nurni hayotga tatbiq etish demakdir M. Jo‘rayeva o‘zining ko‘p yillik faoliyati davomida bir qancha shogirdlar ham yetishtirib chiqargan, ular orasida Saida Rahmonova, Fotima Qarshiboyeva, Gulnoza Dadayevalarni misol qilib olishimiz mumkin.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish